Gepato-gastroenterologik tadqiqotlar jurnali 2026 №1
Тема статьи
CHAQALOQLARDA UZOQ DAVOM ETUVCHI SARIQLIKLARNI TASHXISLASH VA DAVOLASHINI OPTIMALLASHTIRISH (82-85)
Авторы
Xusainova Shirin Kamildjonovna, Vaxobova Fariza Akmalovna
Учреждение
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Аннотация
Chaqaloqlar sariqligi konsultativ yordamga murojaat qilganda pediatriya amaliyotida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Shubhasiz, so‘nggi yillarda ularning sezilarli o‘sishi kuzatilmoqda. Ma’lumki, bilvosita bilirubinemiyaning eng xavfli asorati og‘ir nevrologik asoratlar bilan bilirubin ensefalopatiyasiga olib keladigan neyrotoksik ta’sirning rivojlanishi hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda cho‘ziluvchan sariqlikni tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish. Tadqiqot materiallari va usullari. Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasining neonatologiya bo‘limida statsionar davolangan, shuningdek, kasalxonadan chiqqandan keyin kuzatilgan va sariqlikning cho‘zilishi yoki qaytalanishi sababli ambulator davolangan 90 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (yoshi 0 dan 4 oygacha) bizning kuzatuvimiz ostida bo‘lgan. Tadqiqot natijalari. Uzoq muddatli neonatal sariqlik tarkibida konyugatsion giperbilirubinemiya 48 nafar (61,5%) bolada yetakchi holat bo‘lgan, biroq 30 nafar (38,5%) bolada sariqlik aralash xarakterga ega bo‘lgan. Konyugatsion-gemolitik giperbilirubinemiya 19 nafar bolada (25,0%), konyugatsion-xolestatik - 9 nafar bolada (11,5%), konyugatsion-parenximatoz - 6 nafar bolada (7,7%) kuzatildi. Ambulator amaliyotda murojaatlarning eng yuqori cho‘qqisi ushbu turdagi sariqlik bilan hayotning 14-21 kuniga to‘g‘ri keldi, sariqlikning davomiyligi 45-70 kundan oshmadi. Bunda bolalarning jismoniy rivojlanishi yomonlashmagan, intoksikatsiya belgilari klinik namoyon bo‘lmagan. Mavsum bo‘yicha murojaatlarning eng yuqori cho‘qqisi - 39 bola (50%) bahor mavsumiga to‘g‘ri keldi.
Ключевые слова
Kalit so’zlar: chaqaloqlar, sariqlik, bilirubin, giperbilirubinemiya, fenobarbital.
Литературы
Список литературы/ Iqtiboslar / References 1. Волянюк, Е. В. (2016). Алгоритм диагностики и лечения пролонгированной желтухи у детей первых месяцев жизни. Вестник современной клинической медицины, 9(2), 42-46. 2. Ибатулин, А. Г., & Тихонова, О. А. (2015). Долговременная адаптация новорожденных детей от матерей с сахарным диабетом. Вятский медицинский вестник, (2 (46)), 51-53. 3. Лысова, Ю. В., & Позгалёва, Н. В. (2015). Оптимизация тактики ведения новорожденных с физиологической и неонатальной гипербилирубинемии. In Бюллетень медицинских интернет-конференций (Vol. 5, No. 5, p. 364). Общество с ограниченной ответственностью «Наука и инновации». 4. Мохова, О. Г., Канкасова, М. Н., & Поздеева, О. С. (2018). Синдром желтухи в практике педиатра. Практическая медицина, 16(8), 43-49. 5. Ракишева, Ж. В., & Лепесова, М. М. (2019). Влияние затяжной желтухи неонатального периода на психо-моторное развитие детей первого года жизни. Обзор литературы. Наука и здравоохранение, (3), 45-53. 6. Ракишева, Ж. В., & Сералин, Е. Б. (2020). Клинический портрет пациента с затяжной неонатальной желтухой, проживающего в городе Алматы. Наука и здравоохранение, (2), 118-127. 7. Ушакова, Р. А., Ковтун, О. П., & Крохина, Н. Б. (2010). Клинико-морфологические особенности поражения гепатобилиарной системы у детей первого года жизни. Уральский медицинский журнал, (6), 44-49. 8. Шакирова Э. М., Сафина Л. З., Шакирова Л. З., Савинкова Т. И., Салманидина Д. Р. Структура отсроченных пролонгированных желтух новорождённых и тактика их лечения // ПМ. 2012. №7 (62). URL:https://cyberleninka.ru/article/n/struktura-otsrochennyh-prolongirovannyh-zheltuh-novorozhdyonnyh-i-taktika-ih-lecheniya 9. Jo‘rabekovna, M. N. (2025). CHAQALOQLARDA SARIQLIK: FIZIOLOGIK VA PATOLOGIK HOLATLARNI FARQLASH. Global Science Review, 2(1), 284-292. 10. Matyoqubovich, E. A. (2026). CHAQALOQLARDAGI SARIQLIK ALOMATLARI VA SABABLARI. SCHOLAR, 4(1), 183-186. 11. Xusainova, S. K. (2025). CHAQALOQLAR SARIQLIGIDA KO ‘KRAK SUTI BILAN OZIQLANTIRISHGA ZAMONAVIY QARASHLAR. Журнал гуманитарных и естественных наук, (21 [2]), 357-362. 12. Xusainova, S. K. (2025). DIFFERENTIAL DIAGNOSIS AND MANAGEMENT TACTICS OF JAUNDICE IN NEWBORNS. Международный журнал научной педиатрии, 4(2), 877-883.