×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  Mikrobiologiya,virusologiya,immunologiya kafedrasida tashkil qilingan TIJ ga 2024 - 2025 o’quv yilida 45 nafar talaba a’zo qilib olingan bo’lib, ularning barchasi ilmiy izlanishlarda qatnashdi.

  Ilmiy izlanishlarni olib borishda kafedra xodimlarining barchasi talabalarga yaqindan yordam berishdi. 45 nafar TIJ qatnashchilarga ilmiy yo`nalishlar begilangan bo`lib, ilmiy rahbarlar yordamida faoliyat olib borildi.

  TIJ a’zolari tomonidan Respublika miqiyosida 6 ta, xorijda 5 ta maqola nashr qilindi. Barcha chop etilgan maqolalarga sertifikatlar berildi.

  O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta ta’lim vazirligi va hamdo’stlik davlatlarida tashkil qilinayotgan xalqaro olimpiadalarda TIJ a’zolari faol ishtirok etib sovrinli o’rinlarini egallab kelmoqdalar.

  SamDTU o’tkazigan halqaro olimpiadada kafedramiz o’qituvchilari rahbarligida iqtidorli talabalar qatnashdi va 2 nafar 3 o’rin, 1nafar 2 o’rin g’olibligini qo’lga kiritdi.  

  2024-yil 8-noyabr kuni SamDTU mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi T.I.J a`zolari hamda NAO  Sh.I.Sarbasova  nomidagi Ostona tibbiyot universiteti" mikrobiologiya va virusologiya kafedrasi  o`qituvchilari va talabalari bilan hamkorligida “Odam organizmi normal mikroflorasi, bolalarda mikroflorani shakllanishi va uni o'rganish turlari” mavzusida onlayn konferensiya o`kazildi. Konferensiyada faol qatnashgan 6 nafar ishtirokchilar diplom bilan taqdirlandi.

TIJ a’zolari tomonidan Respublika miqiyosida 6 ta, xalqaro miqiyosda 5 ta maqola nashr qilindi.