Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Ilmiy to'garak

  

  Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasida tashkil qilingan TIJ ga   har bir o‘quv yilida talabalar, ularning barchasi ilmiy izlanishlarda qatnashib kelmoqdalar. Ilmiy izlanishlarni olib borishda kafedra xodimlarining barchasi talabalarga yaqindan yordam berib kelishmoqdalar. Har bir  TIJ qatnashchilarga ilmiy yo`nalishlar begilangan bo‘lib, ilmiy rahbarlar yordamida faoliyat olib borildi. Ilmiy faoliyat yuritishda quyidagi ustozlar: Kafedra mudiri, dots. Yarmuxamedova S.X., ass. PhD Tairov D.R., PhD, ass. Nazarov F.Y., ass. PhD Bekmurodova M.S., ass. Vafoyeva N.A.,  Gaffarov X.X., Xaydarova Z.E., Normatov M.B., Yarmatov S.T., Xaydarov S.N., Ergasheva M.T., Kamolova D.J., Berdiyev D.H.  yaqindan yordam berib kelishmoqdalar. Har bir yil davomida 23 marta TIJ yig‘ilishlari o‘tkazilib kelinmoqda. Bu yig‘ilishlarda ilmiy ishlar rejasi muammolari muhokamasi to‘plangan dalillar va ilmiy izlanishlar natijasi tahlil etilmoqda.  Har bir TIJ yig‘ilishlari ma’lum bir reja asosida olib borilmoqda. TIJ a’zolari tomonidan  100 dan ortiq ilmiy ishlar nashrlangan bo‘lib undan Respublika miqyosida va xorijda  maqola va tezislar nashr qilib kelinmoqda. Barcha chop etilgan maqolalarga sertifikat va diplomlar berilgan.

  TIJ a’zolariga o‘qituvchilarimiz bilan birgalikda bo‘limda bemorlar kuratsiyasi ham tashkil qilingan bo‘lib  bunda har bir talaba ma’lum bir kasallik haqida ko‘proq amaliy ma’lumotga ega bo‘ladi. Talabalarimiz har TIJ yig‘ilishida  o‘zlariga biriktirilgan mavzularni o‘z prezentatsiyalari yordamida tushintirib beradilar. Tushinmagan dolzarb holatlarda kafedramiz o‘qituvchilari tomonidan talabalarga to‘liq ma’lumot beriladi.

  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi hamda hamdo‘stlik davlatlarida tashkil qilinayotgan xalqaro olimpiadalarda TIJ a’zolari faol ishtirok etib sovrinli o‘rinlarini egallab kelmoqdalar.

  Ahmadov Aktam-2025yil SamDTU da "SAMARKAND-2020" nomli xalqaro olimpiadada Ichki kasalliklar propedevtikasi fanidan offline ishtirok etib 3-o‘rin olgan.

  Farmonov Samandar-2025yil SamDTU da "SAMARKAND-2020" nomli xalqaro olimpiadada Ichki kasalliklar propedevtikasi fanidan 2-o‘rin olgan.2024yil 13-14-dekabrda SamDTU da "SAMARKAND-2020" nomli xalqaro olimpiadada Ichki kasalliklar propedevtikasi fanidan 1-o‘rin olgan.

  Mustafaqulov Jasurbek-2025yil 5-6-dekabrda SamDTU da "SAMARKAND-2020" nomli xalqaro olimpiadada Ichki kasalliklar propedevtikasi fanidan 3-o‘rin olgan.

  Tolliyeva Farangiz-2025yil  SamDTU da "SAMARKAND-2020" nomli xalqaro olimpiadada Ichki kasalliklar propedevtikasi fanidan online qatnashib 2-o‘rin olgan.

  2025-yil 5-6-Dekabrda SamDTU o‘tkazilgan”SAMARKAND- 2020” nomli V xalqaro olimpiadalarda TIJ ishtirokchilarimizdan Egamberganova Mohinjon 3-o‘rin qo‘lga kiritdi.

  2026-yil 31-yanvarda SamDTU Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi va  Janubiy Qozog‘iston Tibbiyot akademiyasi Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi o`qituvchilari va talabalari hamkorlikda “O`tkir miokard infarkti: tipik va atipik variantlarda kechishi” mavzusida  integratsiyalashgan onlayn yig’ilishi o’tkazildi.

  TIJ ishtirokchilarimizdan Farmonov Samandar va Mustafaqulov Jasurbek bu integratsiyalashgan konferensiyada ishtirok etib. 1-darajali diplom bilan taqdirlandilar.

  TIJ ishtirokchilarimizdan Ahmadov Aktam esa bu integratsiyalashgan konferensiyada ishtirok etib. 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.

  2026 yil 15-16-mayda Samarqand davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilgan “-xalqaro ilmiy va amaliy konferensiyasi”da  TIJ ishtirokchilarimizdan  Farmonov Samandar qatnashib 2-darajali diplomni qo‘lga kiritdi.

  2026 yil 15-16- mayda Samarqand davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilgan “80-xalqaro ilmiy va amaliy konferensiyasi”da  TIJ ishtirokchilarimizdan  Muxammadiyeva Barchinoy qatnashib 3-darajali diplomni qo‘lga kiritdi.

  2026 yil 15-16- mayda Samarqand davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilgan “80-xalqaro ilmiy va amaliy konferensiyasi”da  TIJ ishtirokchilarimizdan  Ikromova Shaxlo qatnashib nominatsiyali diplomni qo‘lga kiritdi. Hozirgi vaqtda  biz TIJ ishtirokchilari bilan birgalikda tibbiyotning dolzarb mavzular ustida  ishlash, bemorlar kuratsiyasi va o‘tkaziladigan olimpiadalar,konferensiyalarda faol ishtirok etish haqida ishlar olib bormoqdamiz.