Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  2021-2022 o‘quv yilida sentyabr oyidan boshlab, SamDTUning yangi zamonaviy jihozlangan binoda o’quv jarayoni boshlandi, ushbu o’quv yilidan boshlab o’quv jarayoni 5-kunlik tizimga o’tkazildi. Odam anatomiyasi kafedrasiga davolash, tibbiy profilaktika, pediatriya,  stomatologiya, fundamental tibbiyot fakul'tetlari I-II kurs talabalari,I-kurs OHI va I-kurs xalq tobobati fakulteti I- II kurs qo’shma ta’lim fakulteti, xalqaro ta’lim fakulteti talabalari o‘qitiladi. I-chi semestrda I-kurs talabalari tayanch-xarakat apparatini o‘rganib joriy va 1-modul baholashni topshiradilar. II-chi kurs talabalari markaziy va periferik asab tizimini,o‘rganib joriy va 3-modul baholash topshiradilar.

  2-chi semestr davomida 1-kurs talabalari ichki a'zolar, yurak qon tomir tizimini o’rganadilar va semestr oxirida 2-modul oraliq nazorati topshiradilar.

  O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:

– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  1.  Ma'ruzalar modul sistemasi bo‘yicha 2 soatdan har bir oqimga.
  2.  Amaliy mashg‘ulotlar har haftada bir marta 2-4 soatdan. Interfaol anatomik Pirogov stoli yordamida o’qitiladi.
  3.  Talabalarining mustaqil ishi har shanba kuni soat 08-00 dan to 14-00gacha. Navbatchi o‘qituvchi nazorati ostida.
  4.  Talabalarning o‘quv tadqiqot ishi-100 % talabalar qatnashadi.

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:

  Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar,prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar va Pirogov 3D stoli yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

  Kafedrada talabalar mustaqil ishini yo‘lga qo‘yilishi.

  Odam anatomiyasi kafedrasida talabalarning mustaqil ishlarining turlari quyidagilar:

1. Interfaol anatomik Pirogov stoli yordamida o’qitish.
2. Anatomik preparatlar va ko‘rgazmali qurollar orqali o‘rganish.
3. Ho‘l preparatlar tayyorlash.
4. mt.sammu.uz. platformasida mustaqil o’rganish.
5. Yangi mavzularga  internet ma'lumotlar orqali tablitsalar tayyorlash.
6. Fan mavzulari bo‘yicha interaktiv o‘yinlar tayyorlash.
7. Krossvordlar tuzish.
8. Mavzu bo‘yicha treninglar tuzish.

  Talabalarni mustaqil ta’lim shaklini tashkil etishga qo‘yilgan talablar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-apreldagi 136-sonli “Oliy ta’lim muassasalari talabalari mustaqil ta’limini tashqil etish bo‘yicha namunaviy tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida ishlab chiqilgan.

  Mustaqil ta’limni baholash semestr davomida amalga oshiriladi, berilgan topshiriqlar, bajarilgan ishlar elektron platforma, ishchi daftarlar va x.q. ilova qilish orqali inobatga olinadi.

  Talabalar bilimini baholash,talabalarni davomati va fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari ma'lumotlari

  Talabalarning o‘quv jarayonini baholash tartibi.

  Baxolash-bu o‘quv jarayonining yakuniy bosqichlaridan biri bo‘lib, talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini ko‘rsatadi.  Shu sababli talabaning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasi muvofiqligini aniqlashda quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish nazarda tutiladi: test nazorati, og‘zaki so‘rov, yozma ish, amaliy ko‘nikmalarini  amaliyotida ko‘p uchraydigan holatlarga yaqinlashtirilgan sharoitda o‘tkazish.

  Talabalar bilimini baholash tartibi 100 ballik reyting tizimi asosida amalga oshiriladi. YaN o‘tkizish fakul'tet dekanati tomonidan tuzilgan grafik asosida universitet ARMi kompyuterlarida MO‘M testlaridan foydalangan tarzida, dekan o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkiziladi va baholanadi.