Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  Kafedra 1934 yilda shu nomda tashkil etilgan bulib, unga 1939 yilgacha dotsent D.A. Drobinskiy, 1939-1942 yillarda dotsent Ye.S.Timm, 1942-1944 yillarda I.Braun, 1944 – 1949 yilgacha yana Ye.S.Timm, 1949-1954 yilgacha dotsent L.Ye. Diskinlar raxbarlik qilgan. Kafedrada ish asosan 2 yunalishda olib borilgan bulib, bular asosan Samarqand viloyatida tibbiyot tarixi rivojlanishi va sog'liqni saqlashni tashkillashtirishning ba’zi bir xususiyatlariga bag‘ishlangan. Shu bilan birga kafedra xodimlarning ilmiy ishlari sog'liqni saqlashning amaliyot bilan boglanishiga, ishga layoqatsizlik bilan kechadigan travmatizm va kasb kasalliklariga bag‘ishlangan edi.

  Kafedraga 1954-1960 yillarda dotsent R.R. Farxadi, 1960-1966 yillarda dotsent A.A.Gevorkov raxbarlik kilgan bulib bu davrda Samarkand viloyatida va Respublikada qishloq aholisiga dispanser xizmatini tashkil kilish va uni samaradorligini oshirish buyicha ishlar olib borildi.

  1966-1970 yillarda kafedraga dotsent M.N. Xaitov, 1970-1972 yillarda professor T.U.Aripovalar raxbarlik qildilar. Bu davrda birinchi marotaba axolining soglig‘i buyicha ijtimoiy gigiyenik tadqiqotlar boshlab yuborildi.

  1973-1981 yillarda professor A.A.Qodirov raxbarligida respublikada sog‘likni saqlashni tarixi buyicha yirik tatqiqotlar olib borildi va shu yunalishda o'quv-qo'llanmalari chop etildi.

  Kafedraga 1981-1993 yillarda ikkinchi marta professor T.U. Aripova raxbarlik kilgandan boshlab ijtimoiy gigiyena xamda sog'liqni saqlashning Samarqand viloyatida rivojlanishi buyicha monografiya chop qilindi.

  1993-1994 yillarda dotsent Z.X.Xatipova, 1995-1996 yillarda dotsent U.O. Oblokulovlar kafedrani boshkargan.

  1997-2005 yillarda kafedra mudiri etib dotsent Tilavov B.T. tayinlandi. Uning rahbarligida kafedrada o'quv jarayoni sifati yaxshilandi, axoli salomatligi va sog'liqni saqlashni tashkillashtirish yunalishi buyicha 300 dan ziyod ilmiy makolalar chop etildi xamda 2001-2004 yillarda Respublika axamiyatiga molik 2 ta konferensiya o'tkazildi va ularning materiallari to'plami yaratildi.

  Kafedraga 2006 yil 1-yanvardan boshlab dotsent Yo.X. Qushmurodov rahbarlik qilib kelmoqda. Bu davrda Institut raxbariyati ko’magida kafedra qayta ta’mirlandi, uni moddiy-texnika bazasi mustahkamlanib, o'qish jarayoni sifat va samaradorligi yanada yaxshilandi.

  Kafedrada bugungi kunda 2 ta t.f.n. dotsentlar - Kushmurodov Yo.X., Tilavov B.T., 1 ta t.f.n. katta ukituvchi – Djalolova R.F., 1 ta t.f.n., assistent Baxriddinova M.A., ilmiy darajasiz 4 katta o'qituvchi – Isroilova S.B., Naimova Z.S., Xakimova X.X., Raximova Sh.X., 8 ta ilmiy darajasiz assistentlar: Rustamova M.I., Baratova R.Sh., Kushmatova D.E., Muxammadieva N.I., Mallaeva M.B., Xasanova Sh.A., Xusainov Sh.Sh. Amonov M.M faoliyat ko'rsatib kelmoqdalar.

  Kafedra xodimlari soglikni saklash soxasida respublikamizda olib borilayotgan tashkiliy va iktisodiy isloxotlarni chukurlashtirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza kilish xamda odam ekologiyasi masalalari buyicha institutning istiqbolli ilmiy rejasiga kirgan yunalishlarda tadqiqotlar olib bormoqdalar.

Yuqorida sanab o'tilgan tadbirlarni amalga oshirishda turli vaqtlarda kafedraga rahbarlik qilgan mudirlarning qo'shgan hissasi beqiyosdir. Quyida ular haqida ma’lumotlar berilmoqda:

  Timm Yevgeniy Samiulovich (1897-1949) – nemis millatiga mansub. ijtimoiy gigienist. T.f.n.(1936), dotsent (1938). Toshkent viloyatida, nemis imigrantlari oilasida tug‘ilgan. Saratov Davlat universiteti tibbiyot fakultetini bitirgan (1922) 1928-1939 yillarda O‘rta Osiyo Davlat universiteti tibbiyot fakultetining ijtimoiy gigiena kafedrasida assistent (1928-1936), dotsent (1936-1939) bo‘lib ishlagan. SamDTU da 1939 yildan ijtimoiy gigiena, SST va tibbiyot tarixi kafedrasi mudiri bo‘lib, umrining oxiri (1949 yil) gacha ishlagan. 26 ta ilmiy ish muallifi.

  Diskin Lev Yefimovich (1903-1954) – yaxudiy, ijtimioy gigienist. T.f.n. (1949), dotsent (1950). Belorussiyaning Vitebsk shahrida 1903 31 iyul tug‘ilgan Saratov Davlat universitetining tibbiyot fakultetini bitirgan (1929). 1945-1949 yillarda ToshDTI sos.gigiena va SST kafedrasida assistent, 1949-1954 yillarda SamDTI ijtimoiy gigiena va SST kafedrasi mudiri bo‘lib umrining oxirigacha ishlagan.

Farxadi Rashid Raimovich

  Farxadi Rashid Raimovich (1918-1983) – o‘zbek, ijtimoiy gigienist. T.f.n.(1944), dotsent (1950), «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan vrach (1944)» Samarqand shahrida tug‘ilgan 1918 yil 22 martada SamDTI ni bitirgan (1940) dan so‘ng, Samarqand tibbiyot bilim yurti direktori (1940-1941), evakogospital boshlig‘i (1941-1945), SamDTI klinikasi bosh vrachi (1945-1947), Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash bo‘limi mudiri (1947-1950), Respublika suyak sili kasalxonasi bosh vrachi va bir vaqtning o‘zida SamDTI sos.gigena va SST kafedrasi mudiri (1950-1965) lavozimlarida ishlagan. 1965-1975 yillarda Samarqand viloyat sanitariya aviatsiyasi boshlig‘i lavozimidan nafaqaga chiqqan. 40 ga yaqin ilmiy maqola chop ettirgan.

  Gevorkov Avet Andreevich (1899-1968) – arman millatiga mansub ijtimoiy gigienist. T.f.n. (1959), dotsent (1968). Ozarbayjonning Naxichevan muxtoriyatida 1899 yilda 24 noyabr tug‘ilgan O‘rta Osiyo Davlat universiteti tibbiyot fakultetini bitirgan (1929) Uning nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi: «Malyariya v Samarkandskoy oblasti i organizatsiya borbi za yeyo likvidatsiyu». 1929-1956 yillarda Samarqand viloyat bezgakka qarshi kurash bekati bosh vrachi lavozimida xizmat qilgan. SamDTI da 1956 yildan sos.gigiena va sog‘liqni saqlashni tashkillashtirish kafedrasida assistent, dotsent, mudir bo‘lib ishlab 1966 yildan nafaqaga chiqqan.

Xaitov Muso Nazarovich

  Xaitov Muso Nazarovich- T.f.n. (1955), dosnet (1960) Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida(1913 yilda) tavallud topgan. 1947 yilda SamDavTI ni bitirgan. U talabalaik yillaridan boshlab (1937-1938) va yana 1944-1947 yillarda Samarqand tumani, 1941-1946 yillarda Samarqand shahar Sog‘liqni Saqlash bo'limlari boshlig‘i, bolalar sanatoriyasi bosh vrachi, (1946-1947) vazifalarini bajarib kelgan. SamTIni bitirgandan keyin institut klinikasining bosh vrachi (1947-1952), yuqumli kasalliklar shifoxonasining bosh vrachi (1952-1953). Kislovodsk shahridagi «O‘zbekiston» sanatoriyasi bosh vrachi (1953-1956), O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari (1956-1958), Respublika Ministirlar kengashi Sog‘liqni Saqlash va ijtimoiy ta’minot kichik bÿlimining boshlig‘i (1958-1959), SamTI rektori (1960-1966), Samarqand shahar partiya qo'mitasining birinchi kotibi (1966-1973), SamTI ilmiy ishlar bÿyicha rektor muovini (1973-1976) lavozimlarida ishlagan.

Oripova Tamara O‘razovna

  Oripova Tamara O‘razovna t.f.d. (1980), professor (1981), O‘zbekistonda xizmat ko'rsatgan Sog‘liqni Saqlash xodimi (1980) Samarqand shahrida tug‘ilgan (1932), SamTI ni bitirgan (1956). SamTI da 1958 yildan mo'tadil anatomiya kafedrada assistent (1958-1964), ijtimoiy gigiena va sog‘liqni saqlashni tashkil etish kafedrasida assistent (1964-1969), katta ÿqituvchi (1969), dotsent (1969), kafedra mudiri (1969-1972 va yana 1981-1993) bÿlib ishlagan. U O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Sog‘liqni saqlash xodimi, «Nodirabegim» mukofotining laureati, umrining so'ngi yillarida O‘zbekiston Sog‘liqni Saqlash Vazirligi qoshidagi sog‘liqni saqlash muzeyi direktori. 100-dan ziyod ilmiy ish, jumladan monografiya muallifidir. 5 nafar fan nomzodi tarbiyalab hukumatning orden va bir necha medal bilan mukofotlangan.

Qodirov Asadulla Abdullaevich

  Qodirov Asadulla Abdullaevich – tibbiyot tarixchisi, t.f.d. (1970), prof (1973) Toshkent shahrida tug‘ilgan (1917), ToshTI ni bitirgan (1941). II Jahon urushi qatnashchisi (1943-1945) Aspiranturani o'tgandan keyin (1950-1953) ToshTI ijtimoiy gigiena kafedrasi assistent (1953-1966), dotsent (1966-1970), professor (1970-1973) professor bo'lib ishlagan. SamTI ijtimoiy gigiena va sog‘liqni saqlash kafedrasi mudiri va professori bÿlib (1973-1993) faoliyat ko'rsatgan.

Tilavov Boboqul Tilavovich

  Tilavov Boboqul Tilavovich (1899-1968) – o‘zbek, ijtimoiy gigienist. T.f.n.(1984), dotsent (1992). Tayloq tumaning Sohibkor jamoa xo'jaligi, Uzunqishloq hududida tug‘ilgan (1946 yil 23 fevral) SamDTI ni 1969 yilda tugatgan. Shu institutda 1970 yildan topografik anatomiya va operativ jarrohlik kafedrasida assistent (1970-1072), (1972-1980 yillarda) ijtimoiy gigiena va SST kafedrasida assistent (1972-1980), 1-son Moskva tibbiyot instituti IGSST kafedrasida maqsadli aspirant (1980-1983), yana aspiranturadan keyin SamDTI IGSST kafedrasida assistent (1983-1985), katta o‘qituvchi (1986-1992), dotsent (1992-1998), mudir (1998 yildan 2005 yilgacha) bo‘lib ishlab kelgan.

Ko’shmurodov Yorman Xolmanovich

  Ko’shmurodov Yorman Xolmanovich 5-mart 1946-yilda Samarkand viloyati Qo'shrabot tumani Jush qishlogida tugilgan. Samarkand Davlat Tibbiyot Institutining davolash fakultetiga 1963 yilda ukishga kirib, uni 1969 yilda tugatgan. 1969 yildan 1970 yilgacha Nurota TMSh da xirurg, 1970-1977 yillar Jÿsh kasalxonasida bosh vrach, 1977-1979 yillarda Samarkand tibbiyot instituti umumiy xirurgiya kafedrasida klinik ordinator, 1979-1983 yillarda umumiy xirurgiya kafedrasida assistent xamda bulim boshligi, 1983-1985 yillarda Samarqand viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasida bosh xirurg, 1985-1996 yillarda Samarqand viloyat sogliqni saqlash boshqarmasi Markaziy kasalxonasida bosh vrach vazifasida ishlagan. 1996-1997 yillarda Samarkand viloyat Sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari bo'lib 1997-2000 yillarda Samarkand viloyat Sog'liqni saqlash boshqarmasi boshligi vazifasida ishlagan. 2000-2002 yillarda yana Samarqand viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi Markaziy (partiya faollari) kasalxonasida bosh vrach, 2002-2005 yillarda SamTI VMOF ining «Sog'lom yashash tarzini takomillashtirish» kursida assistentlikka keyinchalik, dotsenti sifatida faoliyat ko'rsatgan.

Aminov Zafar Zoirovich

  Aminov Zafar Zoirovich 2002 yilda Samarqand Davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 2001-2003 yillarda Tibbiyot talabalari uyushmasi prezidenti yordamchisi, 2008 yilda Project HOPE International kompaniyasida monitoring va baholash bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishlagan. 2008-2010 yillarda Nyu-York Davlat Universitetida magistratura bosqichida tahsil olgan. 2010-2013 yillarda Nyu-York Davlat Universitetida doktorant sifatida ilmiy izlanishlarini davom ettirdi. 2013-2020-yillarda Samarqand davlat tibbiyot instituti Xalq salomatligi, umumiy gigiyena va ekologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelgan. 2014-2018 yillarda Samarqand davlat tibbiyot instituti Akademik litsey va kollejlar bo‘yicha prorektori, 2018-2020 yillarda Jamoat salomatligi, umumiy gigiyena va ekologiya kafedrasi mudiri, o‘rindoshlik bo‘limi xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan. Samarqand davlat tibbiyot instituti. 2020 yildan hozirgacha Samarqand davlat tibbiyot universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori hamda “Jamoat salomatligi va sog’likni saqlash menejmenti” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Aminov Zafar Zayirovich o‘z faoliyati davomida bilimga chanqoq, yangilikka intilish va fidoyiligini namoyon etib, talabalar va xodimlarning hurmatiga sazovor bo‘lgan.

Yarashev Norqul Yarashevich

  Yarashev Norqul Yarashevich – o‘zbek, ijtimoiy gigienist. T.f.n.(1985), dotsent (1987), «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi», mehnat faxriysi. Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida tavallud topgan (1935 yil 12 oktabr) SamDTI ni bitirgan (1963). Shu institutda 1966-yildan terapiya kafedrasida klinik ordinator (1966-1968), IGSST kafedrasida assistent (1968-1971), katta o‘qituvchi (1971-1985), 1985 yildan 2008 yilga qadar kurs mudiri lavozimida ishlab kelgan. Bir vaqtning o‘zida davolash fakulteti (1981-1982), pediatriya fakulteti (1982-1985) dekanlari o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Buriboev Xujamkul Buriboevich

  Buriboev Xujamkul Buriboevich – o‘zbek, ijtimoiy gigienist. T.f.n.(1974), dotsent (1984). Navoiy viloyati Nurota tumanida tavallud topgan (1940-yil 10-martda). ToshDTI san. gigiena fakultetini bitirgan (1967). SamDTI da 1967 yildan sotsial gigiena va sog‘liqni saqlashni tashkillashtirish kafedrasida assistent (1967-1977), katta o‘qituvchi (1977-1983), dotsent (1984-2002) bo‘lib ishlab keldi. Uning nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi: «O‘zbekistonda bezgak kasalini tugatish tarixi».

Madaxonov Anbarjon Sobirjonovich

  Madaxonov Anbarjon Sobirjonovich, o'zbek, gigienist Jalolobod viloyatining So'zon tumanida (1949 yil 13 iyun) tavallud topgan. Samarqand Davlat tibbiyot institutini bitirgan (1973) SamTI da (1974-1975) o'qituvchi, Qishloq xo'jaligi institutida o'qituvchi (1975-1977), SamTI sog‘liqni saqlashni tashkil qilish va ijtimoiy gigiena kafedrasida assistent (1977-1982), Moskva shahridagi sotsial gigiena ilmiy tekshirish institutida aspirant (1982-1985), SamTI ijtimoiy gigiena va sog‘liqni saqlashni tashkil qilish kafedrasida assistent (1985-1990), SamTi umumiy gigiena kafedrasida katta o'qituvchi (1990 yildan) bo'lib ishlagan.

Asliddinov Fazliddin

  Asliddinov Fazliddin urush va mehnat faxriysi, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent 1924 yilda tug‘ilgan. 1942-1945 yillar II-Jahon urushi ishtirokchisi. 1952 yil SamTI ni bitirib, terapiya bo'yicha aspiranturada o‘qigan. (1952-1955) SamTI davolash fakultetining terapiya kafedrasida dastlab assistent, keyinchalik dotsent bo‘lib ishlagan (1955-2002), 2003-2004 yillarda ijtimioy gigiena va sog‘liqni saqlashni tashkillashtirish kafedrasida tibbiyot tarixidan dars bergan.