Журнал кардиореспираторных исследований 2025. №2/4


Тема статьи

BIRINCHI MARTA ANIQLANGAN SIL KASALLIGI BILAN OG'RIGAN BEMORLARDA DEPRESSIV BUZILISHLAR (63-67)

Авторы

Mamatova Nargiza Toirjanovna, Kuliev Kalandar Urinovich, Jumayev Zafar Hakimovich, Ashurov Abduvali Abdulxakimovich, Abduhakimov Bahrombek Abduvaliyevich, Urinov Firdavs Kalandarovich

Учреждение

Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Samarqand viloyat ftiziatriya va pulmonologiya

Аннотация

Dolzarbligi. Sil kasalligi muammosi, yuqumli kasallik sifatida, sil kasalligining keng tarqalgan pasayishi fonida o'z ahamiyatini yo'qotmaydi. Tadqiqot natijalari sil kasalligi bilan og'rigan bemorlarda tashxis qo'yilgandan so'ng chegaraviy ruhiy buzilishlar rivojlanishini ko'rsatadi, ularning bartaraf etilishi silga qarshi kompleks davolash samaradorligini oshirishga yordam beradi. Tadqiqotning maqsadi. Biz sil bilan kasallangan birinchi marta aniqlangan bemorlarda ruhiy-emotsional fonning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, aniqlangan buzilishlarni o‘z vaqtida tuzatish va ushbu toifadagi bemorlarning davolanish tartibiga roya qilishlarini oshirishni ta’minlash uchun kimyoterapiyaning ikkinchi oyining oxirida, ular navbatdagi rentgenologik nazoratdan o‘tishdan oldin depressiv buzilishlarning mavjudligi va ifodalanganlik darajasini baholashga qaror qildik. Materiallar va tadqiqot usullari. Tadqiqotda faol sil kasalligi bilan og'rigan 120 bemor ishtirok etdi. Ularning 78 nafari erkak va 42 nafari ayol edi. Nazorat guruhi sifatida poliklinikalarida rejali tekshiruvdan o'tgan nisbatan sog'lom shaxslar, ya`ni 135 nafar erkak va 45 nafar ayol ishtirok etdi. Tadqiqot T.I.Balashova tomonidan moslashtirilgan V. Zungning depressiv holatlarni taqqosiy tashxislash usuli yordamida amalga oshirildi. Tadqiqot ambulator va statsionar sharoitda ruhiy yoki organik kasalliklarga chalingan depressiya bilan og‘rigan bemorlar ishtirokida o‘tkazildi. Tadqiqot natijalari. Sil kasalligi birinchi marta aniqlangan bemorlarning aksariyatida kimyoterapiyaning ikkinchi oyi oxiriga kelib depressiv buzilishlar aniqlanmadi. 26,6% bemorlarda nevrotik genezli yengil depressiya, har o‘ninchi bemorda - niqoblangan depressiya holati, 1,6% bemorda - haqiqiy depressiya aniqlangan. Xulosa. Sil kasalligi bilan og'rigan bemorlar, ushbu tadqiqotda depressiv reaksiyalar kam uchraydigan sog'lom odamlarga qaraganda, engil depressiyaga ko'proq moyil. Demak, birinchi marta sil kasalligi aniqlangan bemorlar kimyoterapiyaning ikkinchi oyi oxirida turli darajadagi depressiv moyilliklarni bartaraf etish uchun maxsus tashkil etilgan psixologik, ba’zilari esa tibbiy yordamga muhtoj bo‘lishi mumkin.

Ключевые слова

sil kasalligi, kimyoterapiya, depressiv buzilishlar, sog’lom shaxslar, bemorlar

Литературы

1. Диагностика  здоровья. Психологический практикум / Под ред. Г.С. Никифорова. –СПб.: Речь, 2011. – 950 с. 2. Маматова Н. Т. и др. Влияние улучшения психического состояния на эффективность лечения женщин, больных туберкулезом органов дыхания //Science and Education. – 2023. – Т. 4. – №. 5. – С. 156-165. 3. Мордык А.В. Социальный статус пациентов противотуберкулезного диспансера и его влияние на отношение к лечению / А.В. Мордык, Л.В. Пузырева, Т.Г. Подкопаева // Социология медицины. – 2011. – №2. – С. 44-47. 4. Осадчий  А.В. Социально-демографическая характеристика больных туберкулезом легких и внелегочных локализаций / А.В. Осадчий, Е.В. Кульчавеня, Т.А. Рейхруд, С.Л. Нарышкина, Е.В. Кожевникова, В.Т. Хомяков // Туберкулез и болезни легких. – 2015. – №2. – С. 46-49. 5. Стрельцова Е.Н. Приверженность к лечению у впервые выявленных больных туберкулезом легких / Е.Н. Стрельцова, Н.А. Степанова, Д.А. Курамшин, Е.Б. Вирина // Астраханский медицинский журнал. – 2013. – Т. 8. – №3. – С. 130-132. 6. Хьелл Л., Зиглер Д. Теории личности. СПб.: Питер; 2014. Abduhakimov B.A. Peculiarities of the course of pulmonary tuberculosis in children in combination with clay invasion. Journal of cardiorespiratory research. 2021, vol. 2, issue 1, pp.74-77. 7. Ataxanovna, K.S. The Effectiveness of Short-Term Treatment Regimens In The Treatment Of Drug-Resistant Forms Of Tuberculosis. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 2020, Volume 7, Issue 3, Pages 5236-5240. 8. Mamatova N. T. et al. The role of compliance in the treatment of tuberculosis patients //Science and Education. – 2024. – Т. 5. – №. 9. – С. 119-126. 9. Tiihonen J, Haukka J, Taylor M, Haddad PM, Patel MX, Korhonen P. A nationwide cohort study of oral and depot antipsychotics after first hospitalization for schizophrenia. Am J Psychiatry. 2011;168(6):603-9. 10. Fusar-Poli P, Kempton M, Rosenheck RA. Efficacy and safety of secondgeneration long-acting injections in schizophrenia: a meta-analysis of randomized-controlled trials. Int Clin Psychopharmacol. 2013;28(2):57-66.