Gepato-gastroeterologik tadqiqotlar jurnali 2022, №3


Subject of the article

O‘PKA VA JIGAR QO‘SHMA EXINOKOKKOZIDA JARROHLIK TAKTIKASI (20-25)

Authors

Murtazaev Z. I.; Baysariev Sh. U.

Institution

Samarqand davlat tibbiyot universiteti

Abstract

Dolzarbligi. O‘pka va jigar exinokokkozi davosida xirurgik usul hozirgacha asosiy bo‘lib qolmoqda. Muqobil konservativ davo esa uncha samarali emas. Ushbu tadqiqotimizning asosiy maqsadi exinokokkozning o‘pka va jigar kistalarini davolashda minimal invaziv xirurgik aralashuvlarni baholashdan iborat. Material va metodlar. Ushbu ishimiz Samarqand Davlat tibbiyot universitetining umumiy xirurgiya kafedrasi klinikasida o‘pka va jigarning qo‘shma exinokokkoziga chalingan 112 nafar bemorni xirurgik yo‘l bilan davolash natijalarini o‘z ichiga oladi. Klinik material uch guruhga bo‘lingan: birinchi guruhda (nazorat guruxi) 36 (32,14%) bemor bo‘lib, o‘pka va jigardagi kistalar alohida keng kesmalar orqali operatsiya qilingan. Shu qatorda, 34 (94,44%) bemorda o‘tkazilgan operatsiyalar 4-6 haftalik interval bilan etapma-etap amalga oshirildi, 2 (5,56%) nafar bemorda esa, exinokokkektomiya amaliyoti bir momentli, ya’ni o‘pka va jigardan bir vaqtning o‘zida alohida kesmalar orqali amalga oshirildi; Ikkinchi guruhdagi 29 nafar (25,89%) bemorga bir vaqtning o‘zida torakofrenolaparotomiya yo‘li bilan o‘ng o‘pka va jigardan exinokokk kistalari olib tashlandi; Uchinchi guruhdagi 47 (41,97%) bemorda o‘pka va jigardagi kistalarni olib tashlash bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Shundan 35 (74,47%) holatda, exinokokkektomiyaning ma’lum bosqichlarida o‘zimiz tomondan ishlab chiqilgan videoassistentlashtirilgan minikesimlardan foydalandik, va 12 (25,53%) holatda - barcha torakal va qorin bo‘shlig‘iga kirishlar faqat mini-kesmalar yordamida amalga oshirildi. 7 nafar bemorda o‘pka va jigardagi kistalar uchun bir vaqtning o‘zida bir momentli alohida mini-kirish orqali xirurgik aralashuvlar amalga oshirildi, 5 nafar bemorda esa to‘rt haftalik interval bilan bosqichma-bosqich o‘pka va jigardan kistalar olib tashlandi. Minimal invaziv yondashuvlar va bir vaqtning o‘zida bajarilgan operatsiyalarni qo‘llash operatsiyadan keyingi erta asoratlarni 13,89% dan (nazorat guruhi) 9,21% gacha, (asosiy guruh) ya’ni deyarli 2 marta kamaytirishga yordam berdi. Xulosa: ushbu tadqiqotimiz shuni ko‘rsatdiki, endovizual texnologiyadan foydalanish o‘pkada va jigar kistalarining qo‘shma lokalizatsiyasida ham minimal invaziv kirish orqali operatsiyalarni o‘tkazishga imkon beradi va an’anaviy torakotomiya va laparotomiya usullari bilan bajarilgan operatsiyalarga nisbatan operatsiyadan keyingi asoratlar sonining ko‘payishiga olib kelmaydi.

Key words

jigar exinokokkozi, o‘pka exinokokkozi, qo‘shma exinokokkoz, laparoskopik exinokokktomiya, minilaparotom exinokokktomiya, laparotom exinokokktomiya.

Literature

Vishnevskiy, V.A., Ikramov, R.Z., Kaxarov, M.A. (2002). Radikalnoe xirurgicheskoe lechenie exinokokkoza pecheni. Annalы xirurgicheskoy gepatologii,- T.7.N1, 315-316. 2. Dadvani, S.A., Strelyaeva, A.V., Gostiщev, V.K., Murtazaev, Z.I., Ilxamov, F.A., Musaev, G.X. i dr. (2000) Maloinvazivnыe operativnыe vmeshatelstva i ximioterapiya pri exinokokkoze. Annalы xirurgii, - № 4, 38 -46. 3. Yemelyanov, S.I., Xamidov, M. A.(2000). Laparoskopicheskoe udalenie exinokokkovыx kist pecheni. Xirurgiya , 11, 32-34. 4. Karimov, Sh.I., Krotov, N.F., Murtazaev, Z.I., Rasulov, A.E. (2007). Sovremennыy podxod k xirurgicheskomu lecheniyu exinokokkoza pecheni. Xirurgiya Uzbekistana, №3, 48-49 5. Kaxarov, M.A., Kubыshkin, V.A., Vishnevskiy, V.A. i dr (2003). Obosnovanie udaleniya fibroznoy kapsulы pri exinokokkektomii iz pecheni. Xirurgiya, № 1. S. 31—36. 6. Krotov, N.F., Rasulov, A.E., Shoumarov Z.F.(1999). Videotorakoskopicheskayaexinokokkektomiyalegkix . Endoskopicheskaya xirurgiya, № 1, 18 - 21. 7. Nazыrov, F.G., Saydazimov, Ye.M.(2005) Endovideoxirurgiya exinokokkoza pecheni. Annalы xirurgicheskoy gepatologii, T. 10, № 2,121. 8. Sabirov, B.U., Kurbaniyazov, Z.B., Murtazaev, Z.I. i dr.(2002). Vozmojnosti endovizualnoy xirurgii exinokokkoza pecheni. Annalы xirurgicheskoy gepatologii, T.7, № 1, 330. 9. Xaitov, A.K., Dusbaev, A., Xujayarov, X.M.(2005). Minilaparotomiya v xirurgicheskom lechenii exinokokkoza pecheni. Annalы xirurgicheskoy gepatologii, T. 10, № 2, 131. 10. Abbas, M., Nafeh, A.L., Youssef, Y.F., Nasr, M.M., Radwan, H.S.( 2006). Conservative versus radical surgery for treatment of uncomplicated hepatic hydatid cysts. J Egypt SocParasitol, 36(2), 559–76. 11. Aghajanzadeh, M., Safrapoor, F., Amani, H., Alavi, H. (2008). One stage procedure for lungs and liver Hydatid cyst. Asian Cardio vascThorac Ann, 16(5), 392–95. 12. Alexandra, K.T., Alexondros, C.P., Nikolaos, L., Michail, S.P., Anastasios, K., Konastinos, M. J.(2005). Hydatid disease of the abdomen and other location. World Journal of Surgery, 29(9),1161–65. 13. Arif, S.H., Shams, Bari – Ul, Wani, N.A., Zarquar, S.A., Wani, M.A., Tabassum, R.(2008). Albendazole as an adjuvant to the standard surgical management of hydatid cyst of the liver. Int J Surg. 6(6),448–51. 14. Buttenschoen, K., Carli, D.( 2003). Echinococcusgranulosus infection: the challenge of surgical treatment. Langenbecks Arch Surg, 388(4), 218–30, Epub 2003 Jul 4. 15. Erdogan, A., Avten, A., Kabukcu, H., Demircan, A.(2003). One stage transthoracic approach for the treatment of right lung and liver. World J Surg, 29(12),1680–86. 16. Erdogan, A., Ayten, A., Kabukcu, H., Demircan, A. (2005). One-stage transthoracic operation for the treatment of right lung and liver hydatid cysts.World J Surg, Dec,29(12), 1680-6, doi: 10.1007/s00268-005-0130-x.PMID: 16311867 17. Ghoshal, A.G., Sarkar, S., Saha, K., Sarkar, U., Kundu, S., Chatterjee, S.(2012). Hydatid lung disease: an analysis of five years cumulative data from Kolkata. J Assoc Physicians India, 60,12–6. 18.Göde, D.(2010). Laparoscopic management of hydatid cyst of liver. J Indian Med Assoc,108:672–676. 19. Kir, A., Baran, E. Simultaneous operation for Hydatid cyst of right lung and liver. (1995) Thorac Cardio vascSurg, 43(1), 62–64. 20. Murtazaev, Z.I., Sherbekov, U.A., Baysariev, Sh.U.,Sherqulov, Q.U., Dusiyarov, M.M.(2020). Our experience in the surgical treatment of liver echinococcosis. Journal of critical reviews, Vol 7, 2454-2458. 21. Sahin, E., Enon, S., Cangir, A.K., Kutlay, H., Kavukcu, S., Akay, H.(2003). Single stage transthoracic approach for right lung and liver Hydatid cyst. J Thorac Cardio vasc Surg,126(3),769–73.