Kardiorespirator tadqiqotlar jurnali. Maxsus son. 2022


Subject of the article

COVID-19 BILAN KASALLANGAN BEMORLARDAGI QOLDIQ ASORATLARNI DAVOLAShDA REABILITATSIYA MUOLAJALARINI QULLASh NATIJALARI (688-692)

Authors

Rasulova M.I.

Institution

ТХКМRМ

Abstract

2019 – 2020 yillar davrida Koronavirus bilan xastalangan 178 nafar (7,12%) bemorlarni Toshkent shaxri 48-OP da ambulator sharoitda kompleks reabilitatsion davolash natijalari urganildi. Ushbu bemorlarga asosan nafas va aerobik gimnastikasi, ratsional dietoterapiya, fizioterapevtik muolajalar, ertalabki badantarbiya, dorilar bilan davolash (ko‘rsatmalarga asosan), ruhiy ko‘mak utkazildi. Dinamik kuzatuv natijasiga kura 178 nafar bemordan 34tasi (19%) davolash natijasida uzoq davom etuvchi yo‘taldan 7-10 kunda xalos bo‘ldi. 19 nafar (10%) pnevmoniya o‘tkazgan (o‘pkasi 25-50% gacha jarohatlangan) bemorda 10-13 kunda o‘pka faoliyati to‘liq tiklandi. 7 nafar (3,9%) bemorda biriktiruvchi to‘qima tarqalishi, pnevmofibroz 1oyda, 4 nafar (2,2%) bemorda plevra bo‘shlig‘idagi chandiqlarni so‘rilishi 3 oyda kuzatildi. 89 nafar (50%) mijozlarda yallig‘lanishdan so‘ng yuzaga kelgan immun tanqisligi 3 oydan sung fakatgina 8 (4,5%) bemorda aniklandi. 142 nafar (79,8%) S-reaktiv oqsil miqdorini 3 oyda 7,8% gacha kamayganligi, 43 nafar (24%) bemorda kuzatilgan SrO²≥95% 3 oy davomida tulik tiklandi. 32 nafar (18%) mijozlarda antibiotiklar bilan davolash natijasida kelib chiqqan disbakterioz 1 oy davomida bartaraf etildi. Reabilitatsion muolajalarni olgan mijozlarni birortasida ham o‘pkada yallig‘lanish jarayonining qayta rivojlanishini kuzatilmadi.

Key words

koronavirus, qoldiq o‘zgarishlar dinamikasi, ikkilamchi profilaktika, davolash, parxez, davolash jismoniy tarbiyasi, fizioterapiya

Literature

1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining avgustdagi “COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha” oxirgi amaliy qo‘llanmasi. Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha vaqtinchalik tavsiyalar. 10 versiya. Toshkent, 2022 yil, yanvar. 2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2020 yil 5 avgustdagi “Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish xamda bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni yangi tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi № 201 sonli buyrug‘i. 3. Toshkent shaxar xokimiyati SSBB 2020 yil 6 avgustdagi “Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish xamda bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni yangi tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi № 229 sonli buyrug‘i. 4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2020 yil 2 iyuldagi “Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha amaliy qo‘llanma. 5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, RITvaTRIMT Markazining “COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan xastalangan bemorlarning bosqichli tibbiy reabilitatsiyasini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalari” 6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining “COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha” oxirgi amaliy qo‘llanmasi. 7. 2019-nCoV infeksiyasi gumon qilinganda yoki 2019-nCoV infeksiyasi tasdiqlanganda bemorlarga yordam beradigan tibbiyot xodimlarining sog‘lig‘ini himoya qilish uchun infeksion nazorat tashkillashtirishda tez-tez so‘raladigan savollar https://www.who.int/ru/emergencies/diseases/novelcoronavirus- 2019/advice-for-public/q-a-on-infection-prevention-and-control-for-health-careworkers- caring-for-patients-with-suspected-or-confirmed-2019-ncov; 8. 2019-nCoV infeksiyasi shubha qilinganda tibbiy yordam ko‘rsatishda infeksiya profilaktikasi va infeksion nazoratni tashkillashtirish - http://www.euro.who.int/__data/assets/pdf_file/0006/429288/WHO-2019-nCoV-IPC-Guidance- 2020-rus.pdf?ua=1 9. Health workers exposure risk assessment and management in the context of COVID-19 virus - https://www.who.int/emergencies/diseases/novel-coronavirus-2019/technical-guidance/infectionprevention- and-control