Kardiorespirator tadqiqotlar jurnali. Maxsus son. 2022


Subject of the article

O’PKANING SURUNKALI OBSTRUKTIV KASALLIGIDA O’PKA ARTERIYASIDAGI SISTOLIK QON BOSIMI DARAJASINI O’NG QORINCHA FUNKSIONAL KO’RSATKICHLARIGA TA’SIRI (324-328)

Authors

Yarmatov S.T.

Institution

Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti

Abstract

Butun jahonda, shu jumladan, respublikamizda ekologik vaziyatning yomonlashuvi oqibatida nafas olish tizimi kasalliklariga chalingan bemorlar soni ko‘payib bormoqda. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekistonda nafas olish tizimi kasalliklari birinchilar qatorida turadi. Keyingi 10-15 yillar ichida surunkali o‘pka kasalliklariga chalingan bemorlar soni uch baravarga oshgan. O‘lim ko‘rsatgichi bo‘yicha esa nafas olish tizimi kasalliklari yurak qon-tomir kasalliklaridan keyingi o‘rinni egallab kelmoqda. O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi yig‘ma tushuncha bo‘lib, o‘zida surunkali obstruktiv bronxit va o‘pka emfizemasini birlashtiradi. So'nggi yillarda O’SOK bilan og'rigan bemorlarda kasallanish, erta nogironlik va o'lim dinamikasi salbiyligicha qolmoqda. O'lim sabablari orasida O’SOK barcha nafas olish tizimi a’zolari kasalliklaridan o’limning 85% ni tashkil qiladi. O’SOKda erta nogironlik va o'limning asosiy sabablaridan biri nafas yetishmovchiligi va o'ng qorincha (O’Q) yetishmovchiligining dekompensatsiyasiga olib keladigan dekompensatsiyasining rivojlanishida an'anaviy ravishda o'pka gipertenziyasi (O’G) muhim rol o'ynaydi. O’SOK bilan og'rigan bemorlarda O’G shakllanishi qon tomir devoridagi proliferatsiyaga bog’liq struktur o'zgarishlar, silliq mushak hujayralarining migratsiyasi, fibroelastoz, adventisiyaning qalinlashishi natijasida yuzaga keladi. O'pka mikrosirkulyatsiyasining buzilishlari asosida ventilyatsiyion-perfuzion nisbatning buzilishi, o’pka gipertenziyasi shakllanish va rivojlanishida endoteliyning funksional faolligidagi buzilishlar yotadi. Ko'pgina mualliflar O’SOK bilan og'rigan bemorlarda O’G darajasi yuqori ekanligini ta'kidlaydilar. Butun jahonda, shu jumladan, respublikamizda ekologik vaziyatning yomonlashuvi oqibatida nafas olish tizimi kasalliklariga chalingan bemorlar soni ko‘payib bormoqda. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekistonda nafas olish tizimi kasalliklari birinchilar qatorida turadi. Keyingi 10-15 yillar ichida surunkali o‘pka kasalliklariga chalingan bemorlar soni uch baravarga oshgan. O‘lim ko‘rsatgichi bo‘yicha esa nafas olish tizimi kasalliklari yurak qon-tomir kasalliklaridan keyingi o‘rinni egallab kelmoqda. O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi yig‘ma tushuncha bo‘lib, o‘zida surunkali obstruktiv bronxit va o‘pka emfizemasini birlashtiradi.

Key words

o’pka gipertenziyasi, o’pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, surunkali o’pka-yurak, o’pka arteriyasida sistolik qon bosimi, birlamchi o’pka gipertenziyasi.

Literature

1. Yarmatov S. T., Xusainova M. A. BRONXIAL ASTMA MAVJUD BO’LGAN BEMORLARDA GASTROEZOFAGIAL REFLYUKS KASALLIGI DIAGNOSTIKASI VA OLIB BORISH ALGORITMI //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 2. – С. 208-213. [HTML] cyberleninka.ru 2. Yarmukhamedova S. et al. Features of diastolic dysfunction of the right ventricle in patients with hypertonic disease //Journal of Advanced Medical and Dental Sciences Research. – 2020. – Т. 8. – №. 9. – С. 74-77. [PDF] jamdsr.com 3. Bekmuradova M. S., Kh G. K., Yarmatov S. T. Significance of determining brain natriuretic peptide in the process of diagnosing chronic heart failure //Achievements of science and education. – 2020. – №. 4. – С. 58. 4. Bekmuradova M. S., Gaffarov X. X. DIAGNOSTICS OF CHRONIC HEART INSUFFICIENCY IN PATIENTS WITH METABOLIC SYNDROME BY SODIURETIC PEPTIDE LEVEL //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. – 2021. – Т. 2. – №. 06. – С. 25-29. [PDF] academiascience.org 5. Yarmukhamedova S. K., Bekmuradova M. S. LEVEL OF SODIUMURETIC PEPTIDE IN EARLY DIAGNOSIS OF CHRONIC HEART FAILURE IN PATIENTS WITH ARTERIAL HYPERTENSION //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. – 2021. – Т. 2. – №. 06. – С. 21-24. [PDF] academiascience.org 6. Yarmukhmedova S. K. CLINICAL CHARACTERISTICS AND STRUCTURAL AND FUNCTIONAL STATE OF THE MYOCARDIAL IN PATIENTS WITH AH DEPENDING ON THE LEVEL OF BRAIN SODIUM URETIC PEPTIDE //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. – 2021. – Т. 2. – №. 06. – С. 80-84. [PDF] academiascience.org 7. Yarmukhamedova S. K. FEATURES OF CLINICAL AND STRUCTURAL AND FUNCTIONAL HEART CHANGES IN PATIENTS WITH AH ACCORDING TO TISSUE DOPPLEROGRAPHY DATA //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. – 2021. – Т. 2. – №. 06. – С. 30- 35. [PDF] academiascience.org 8. Бекмурадова М. С., Гаффоров Х. Х., Ярматов С. Т. Значение определения мозгового натрийуретического пептида в процессе диагностики хронической сердечной недостаточности //Достижения науки и образования. – 2020. – №. 4 (58). [HTML] cyberleninka.ru 9. Hoeper MM, Humbert M, Souza R, Idrees M, Kawut SM, Sliwa-Hahnle K, Jing ZC, Gibbs JS. A global view of pulmonary hypertension.Lancet Respir Med. 2016; 4:306–322. doi: 10.1016/S2213-2600(15)00543-3 10. Simonneau G, Montani D, Celermajer DS, Denton CP, Gatzoulis MA, Krowka M, Williams PG, Souza R. Haemodynamic definitions and updated clinical classification of pulmonary hypertension.Eur Respir J2019; 53 11. Gorter TM, Obokata M, Reddy YNV, Melenovsky V, Borlaug BA. Exercise unmasks distinct pathophysiologic features in heart failure with preserved ejection fraction and pulmonary vascular disease.Eur Heart J. 2018; 39:2825–2835. 12. Kishiki K, Singh A, Narang A, Gomberg-Maitland M, Goyal N, Maffessanti F, Besser SA, Mor-Avi V, Lang RM, Addetia K. Impact of severe pulmonary arterial hypertension on the left heart and prognostic implications.J Am Soc Echocardiogr. 2019; 32:1128–1137. doi: 10.1016/j.echo.2019.05.008 13. Sztrymf B, Souza R, Bertoletti L, Jaïs X, Sitbon O, Price LC, Simonneau G, Humbert M. Prognostic factors of acute heart failure in patients with pulmonary arterial hypertension.Eur Respir J. 2010; 35:1286–1293. doi: 10.1183/09031936.00070209 14. Hildenbrand FF, Bloch KE, Speich R, Ulrich S. Daytime measurements underestimate nocturnal oxygen desaturations in pulmonary arterial and chronic thromboembolic pulmonary hypertension. Respiration. 2012; 84:477–484.