Doktor axborotnomasi 2026, №2 (123)
Maqola mavzusi
BOLALARDA UROLITIAZNI DAVOLASHDA MINIIINVAZIV JARROHLIK USULLARINI BAHOLASH (55-57)
Mualliflar
N. N. Mavlanov, Yu. M. Axmedov, J. A. Xolmurodov, S. A. Shodmonov
Muassasa
Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Samarqand, O‘zbekiston
Annotatsiya
Tadqiqot maqsadi: Bolalarda siydik-tosh kasalligini davolashda qo‘llaniladigan turli kam invaziv jarrohlik usul larining natijalarini tahlil qilish va ularning samaradorligini baholash. Materiallar va usullar: 2016-yildan 2026 yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida siydik yo‘llarida tosh bo‘lgan 123 nafar bemor bolaning tibbiy ma’lumotlari tahlil qilindi. Ulardan 63 nafari (51,2%) kam invaziv usullar (laparoskopiya va mini-PCNL) orqali, 47 nafari (38,2%) esa an’anaviy ochiq operatsiya yo‘li bilan davolangan. Bemorlarning o‘rtacha yoshi 112 oyni tashkil qilib, toshlarning o‘rtacha hajmi 15 mm ekanligi aniqlangan. Shuningdek, bolalarning 68,3 foizida qo‘shimcha urogenital nuqsonlar borligi ko‘zatildi. Natijalar: Kam invaziv jarrohlik usullarining umumiy samaradorligi 98,4% ni, ochiq operatsiyalarda esa 93,6% ni tashkil etdi. Operatsiyadan keyingi shifoxonada yotish muddati o‘rtacha 2,3 kunni tashkil qildi. Toshlarning qaytalanishi (retsidiv) atigi 7 nafar (5,7%) bemorda ko‘rindi. Kam invaziv usullar ayniqsa yirik toshlar va anomal rivojlangan buyraklardagi toshlarni olishda yuqori natija berdi. Xulosalar: Bolalar urologiyasida kam invaziv jarrohlik usullari xavfsiz va juda samarali hisoblanadi. 98,4% holatda toshlardan to‘liq xalos bo‘lish imkonini berishi ushbu usulni zamonaviy tibbiyotda birinchi darajali tanlov sifatida tavsiya etishga asos bo‘ladi.
Kalit so'zlar
bolalar, urolitiaz, kam invaziv jarrohlik, mini-PCNL, laparoskopiya, gidronefroz, samaradorlik.
Adabiyotlar
1. Al-Ansari A, et al. PCNL in children: 20 years of experience and outcome optimization. J Urol 2023;210:445–452. 2. Bader MJ, et al. Impact of AI on the classification of kidney stone density. Urolithiasis 2021;49:112–119. 3. Ceylan C, et al. Radiomics-based prediction of stone-free status after RIRS. Int Urol Nephrol 2024;56:210–218. 4. D'Addessi A, et al. Complications in pediatric stone surgery: A systematic review. BJU Int 2022;129:412–420. 5. El-Assmy A, et al. Long-term follow-up of pediatric stone formers: A 20-year study. J Pediatr Urol 2020;16:512 519. 6. Fritsche HM, et al. 3D-printing applications for complex urological interventions. World J Urol 2025;43:88–95. 7. Gokce I, et al. Pediatric nephrolithiasis: Update on medical and surgical management. Pediatr Nephrol 2021;36:1120–1128. 8. He Q, et al. Deep learning for automated detection of ureteral stones on CT. Abdom Radiol 2024;49:512–520. 9. Inoue T, et al. Radiomics for predicting the fragility of stones in laser lithotripsy. J Endourol 2023;37:880–888. 10. Jia W, et al. Artificial intelligence in the diagnosis of urinary tract calculi. Front Oncol 2022;12:884210. 11. Kaler KS, et al. The role of 3D modeling in percutaneous renal access. Curr Opin Urol 2019;29:445–452. 12. Lahme S, et al. Mini-PCNL vs. RIRS in children: A comparative study of 20 years. Urology 2024;178:110–118. 13. Mishra S, et al. Supine PCNL: Optimization and technical advances. J Endourol 2021;35:1020–1028. 14. Nezami N, et al. Radiomics and machine learning in interventional radiology. Radiology AI 2025;7:e240100. 15. Ozden E, et al. Effect of stone volume on the success of pediatric RIRS. J Pediatr Surg 2020;55:1120–1128. 16. Pietrow PK, et al. Initial experience with pediatric ureteroscopy. J Urol 2006;175:2245–2251. 17. Quhal F, et al. AI-driven nomograms for urological surgery outcomes. Eur Urol Focus 2023;9:445–452. 18. Eisner BH, et al. Artificial intelligence in the prediction of kidney stone composition. Urology 2023;175:110–118.