Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Biomeditsina va amaliyot jurnali

Umumiy ma'lumot

«Journal of Biomedicine and Practice» xalqaro, taqrizlanuvchi jurnal fundamental va klinik tibbiyot boʼyicha keng qamrovli materiallardan iborat boʼladi. Аsosiy mavzularga quyidagilar kiradi va bu bilan cheklanib kolmaydi: Fiziologiya, Biokimyo, Biofizika, Biotexnologiya, Molekulyar biologiya, Tibbiy genetika, Immunologiya, Mikrobiologiya, Virusologiya, Patologiya, Gematologiya, Kardiologiya, Dermatologiya, Shoshilinch tibbiyot, Endokrinologiya, Gastroenterologiya, Geriatriya, Yuqumli kasalliklar, Nefrologiya, Аkusherstvo va Ginekologiya, Аllergologiya, Onkologiya, Oftalmologiya, Ortopediya, Pediatriya, Farmakologiya, Sogʼliqni saqlash, Pulmonologiya, Radiologiya, Reabilitatsiya, Jarrohlik, Urologiya.

  Xalqaro, taqrizlanuvchi online «Journal of Biomedicine and Practice» taharririyati nazariy va amaliy tibbiyot sohasidagi mutaxassislarni, biomeditsina va klinik amaliyotning hozirgi holatiga va rivojlanish istiqbollariga qiziqish koʼrsatayotganlarni xamkorlikga taklif qiladi.
«Biomeditsina va amaliyot jurnali»da nashr, mahalliy va xorijiy tashkilotlar tadqiqotchilariga, shuningdek, oʼzlarini va ilmiy kashfiyotlarini eʼlon qilishdan manfaatdor boʼlgan barcha mualliflarga imkoniyat yaratadi.
Jurnalning davriyligi uch oyda 1 marta (yiliga 4 ta).
Jurnal nashrning shahri – Toshkent.
Jurnalda nashr etiladigan materiallarni masʼul muharrirga quyidagi elektron pochta orqali yuborish kerak: medic@tadqiqot.uz
Jurnalni Scopus va/yoki Web of Science xalqaro ilmiy bazalarida indekslashtirish rejalashtirilmoqda.