Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

Nurli diаgnostikа vа terаpiya kаfedrаsi

Mansurov Djalolidin Shamsidinovich

Kafedra mudiri


Qabul vaqti: Dushanba–Shanba soat 14:30-15:00
Tel: +998992195511
E-mail: jalolmedic511@gmail.com
Manzil: SamMI 1-klinikasi.

KAFEDRA A’ZOLARI RO’YXATI


F.I.SH

Lavozimi

Mansurov Djalolidin Shamsidinovich Kafedra mudiri

Mardieva Gulshod Mamatmurodovna

Kafedra mudiri

Karimov Zafar Berdimurodovich

O`quv ishlar bo`yicha ma'sul assistent

Turdumatov Jamshed Anvarovich

Ilmiy ishlar bo`yicha ma'sul assistant

Yakubov G`olib Akbarovich

Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha ma'sul assistent

Yanova Elvira Umarjanovna

PHD, doktarant

Giyasova Nigora Kabuljanovna

assistent

Shukurova Laziza Barisovna

assistent

Oblaberdiyeva Parvina Oblaberdi qizi

assistent

Rashidova Xurshida Abduvoxidovna O’rindosh-stajyor-assistent,
Sayfiyev Farrux Dilshod o’g’li O’rindosh-stajyor-assistent,
Yuldashev Rustam Abduqayum o’g’li O’rindosh-stajyor-assistent,
Mamurova maliaxon Mirhamzayevna O’rindosh-stajyor-assistent,
Shirov Bobur Furqatovich O’rindosh-stajyor-assistent,
Nabiyeva Roza Baxtiyorovna Laborant

KAFEDRA TARIXI


  Nurli diagnostika va nur terapiyasi kursi 1931- yil tashkil topgan, shu yil UzDU tibbiyot fakultetining ichki kasalliklar kafedrasida G.S. Kuznesov rentgenologiya fanidan dars bera boshladi va 1937-yilda shu kafedrada kurs tashkil etildi. Uning tashkilotchisi va birinchi mudiri G.S. Kuznesov hisoblanadi. Ulug` vatan urishi davrida G.S. Kuznesov urushda qatnashgan paytda, rentgenologiya bo`yicha mutaxasis sifatida Samarqandga yuborilgan. Leningrad harbiy medisina akademiyasining professori Nemenov M.I. va rentgenolog-vrach I.M. Akimovlar (1942-1946 yillar) UzDUda dars berganlar. 1949-1950 yillarda rentgenologiya va radiologiya kursini dos. D.M. Abdurasulov boshqargan.
  1955- yildan bu kurs rentgenologiya va tibbiyot radiologiyasi kafedrasiga aylantirilgan. Kafedraning tashkilotchisi va birinchi mudiri dosent G.S. Kuznesov bo`lgan va 1966-yilgacha kafedrani boshqargan.
  Bu davrda kafedrada Dokuchaeva N.F., Ablakulova S.B. va Priev I.G. assistent bo`lib ishlaganlar. 1957-yil N.F Dokuchaeva, 1961- yil S.B. Ablakulova, va 1965- yil I.G. Prievlar nomzodlik dissertasiyalarini yoqlaganlar.
  1962-yilda institut klinikasi qoshida «Radionuklid diagnostika va radioterapiya» bo`limi tashkil etildi. Kafedra qoshidagi radiologiya bo`limida turli onkologik va unga aloqador bo`lmagan kasalliklarda yuqori texnologiyalar darajasida nur terapiyasi va radionuklid tadqiqotlar o`tkazilgan.
  1966-1973-yillarda kafedrani professor A.I. Nesis boshqargan. 1967-yilda kafedra “Viloyat onkologiya dispanseri” bo`limiga ko`chirilgan va 1970-yilga qadar dispanserga nurli diagnostika va nur terapiyasi bo`yicha amaliy va konsultativ yordam ko`rsatilib kelingan. Kafedra assistenti Mamadjanov T.M. 1968-yilda nomzodlik dissertasiyasini, A.I. Nesis1970-yil N.F. Dokuchaeva1972-yilda doktorlik dissertasiyalarini himoya qilishgan. Kafedra xodimlari asosan har xil ichki kasalliklar rentgeno-diagnostikasi va qo`shma radiatsion jarohatlar bilan shug`illanganlar.
  1973-1975-yillarda kafedraga professor Dokuchaeva N.F. mudirlik qilgan. Kafedra xodimlari asosan “Kombinasiyalangan radiosion jarohatlar” ustida ilmiy tadqiqotlar olib bordilar.Ushbu mavzu asosida assistent Artamanov V.I. 1972-yilda nomzodlik dissertasiyasini yoqladi.
  1975-1990-yillarda kafedra mudiri dotsent S.B. Ablakulova bo`lgan. Kafedra xodimlari asosan har xil kasalliklar rentgeno-diagnostika sohasida ilmiy izlanishlar olib bordilar. Natijada 1975-yil assistent Aslanov A.A. va 1980-yilda assistent Axrorov A.A. nomzodlik dissertasiyalarini himoya qilishgan. 1979-1985-yillarda institutning 1-son klinikasi qoshida “O`sma bo`lmagan kasalliklarni nur bilan davolash” bo`limi faoliyat ko`rsatgan. 1985-yilda esa “Radionuklid diagnostika” bo`limi alohida tashkil etildi. Bu davr mobaynida rentgenologiya va tibbiyot radiologiya fani bo`yicha quydagi o`qituvchilar dars berganlar: t.f.n. Priev I.G., t.f.n. Aslanov A.A., t.f.n. Axrorov A.A., t.f.n. Artamonov V.I., Ashurov A.A.
  1990-2006-yillari kafedrani professor T.M. Mamadjanov boshqargan. 1992-yildan boshlab kafedra nomi “Nurli diagnostika va nur terapiyasi” deb o`zgartirilgan va 2005-yilda kursga aylantirilgan. Mamadjanov T.M. 157 ta ilmiy ishlar, 1 ta o`quv qo`llanma, 12 ta o`quv-uslubiy qo`llanmalar chop etgan. Uning rahbarligida 2 ta fan nomzodi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. “O`zbekiston Respublikasi onkologiya ilmiy markazi” qoshidagi onkologiya va klinik radiologiya bo`yicha dissertasiyalar yoqlash ixtisoslashgan ilmiy kengash a'zosi, «Sog`liqni saqlash a'lochisi». T.M. Mamadjanov rahbarligida kafedra so`ngi 10-15 yilda o`quv jarayoniga turli yangi texnologiyalar kiritgan. Joriy, oraliq va yakuniy test nazoratlarini o`quv jarayoniga institutda birinchilar qatorida bundan 20-25 yil oldin tadbiq etgan. T.M. Mamadjanov tomonidan Nurli diagnostika bo`yicha elektron vizualizasiyali sinov dasturi tayyorlangan va u 2005-yilda davlat attestasiyasida muvaffaqiyatli sinalgan. 1997-yil kafedra qoshida vrachlar malakasini oshirish fakultetining “Nurli diagnostika” kursi tashkil etildi. Kurs mudiri vazifasini dotsent Ashurov A.A. bajarib kelgan. Diplomdan keyin rentgenologiya va UZI vrachlari tayyorlashda dos. Ya.A Axmedov, t.f.n. U.X. Rustamovlar faoliyat ko`rsatdilar. T.M. Mamadjanov rahbarligida kafedrada “Turli kasalliklarda gepatobiliar sistemaning morfofunksional holatini radionuklid tadqiqotlari”, “Zamburug`li kasallik-pesilamikozlarda o`pkadagi rentgenologik o`zgarishlar” va boshqa mavzularda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Kafedra xodimlari boshqa kafedralar bilan hamkorlikda “Skeletning turli kasalliklarida kuzatiladigan osteoplastik va fibroplastik jarayonlarning radionuklid tadqiqoti” mavzusida tadqiqot ishlarini olib borishgan.

  Ashurov Abdusalom Ashurovich “Nur diagnostikasi kursi” mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dosent.SamMI davolash fakultetini (1972), hamda “Rentgenologiya va tibbiy radiologiya” kafedrasi qoshida klinik ordinaturani tugatgan. 1981-yildan boshlab kafedra assistenti sifatida ishlagan. 1993-yilda «Izuchenie vozmojnosti bioindikasii luchevix porajeniy na osnove opredeleniya kolichestvennix izmeneniy elementnogo sostava krovi s pomosh'yu yaderno-fizicheskix metodov analiza» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini yoqlagan. 1997-yil kafedra dotsenti lavozimiga saylangan. 1997-2005-yillar institut VMOF “Nurli diagnostika kursi” mudiri vazifasini bajargan. 1 ta monografiya, 130 dan ortiq ilmiy maqolalar, 2 ta rasionalizatorlik takliflari va 4 ta uslubiy qo`llanmalar muallifi. Oliy toifali klinik radiolog, “Samarqand viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi”ning bosh radiologi bo`lib faoliyat olib borgan.

  Dotsent Axmedov Ya.A. 1973-yil Samarqand davlat medisina institutini va 1986-yilda A.I. Sechenov nomli Moskva Medisina instituti “Rentgenologiya va radiologiya” kafedrasida klinik ordinaturani tugatgan. 1987-yildan boshlab kafedra assistenti lavozimida ishlagan. 1997-yil «Diagnosticheskaya znachimost mikrokalsinatov v raspoznovanie subklinicheskogo raka molochnoy jelezi» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini yoqlagan, 2001-yilda kafedra dotsenti etib saylangan. 1ta monografiya, 150 dan ortiq ilmiy maqolalar, 20 ta ratsionalizatorlik taklifi va 16 dan ortiq “Talabalar va vrach-rentgenologlar uchun uslubiy qo`llanma” lar muallifi.2010-yilda Axmedov Ya.A rahbarligida ass. Mardieva G.M «Rentgenoproteologicheskie paralleli pnevmonii novorojdyonnix v zavisimosti ot stepeni zrelosti» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. Oliy kategoriyali vrach-rentgenolog, 2001-2013-yillarda“Samarqand viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi”ning bosh rentgenologi sifatida faoliyat olib borgan.

  Mardiyeva Gulshod Mamatmuradovna, t.f.n.dotsent2014 y dan 2022 y gachaNurli diagnostika va terapiya kursi mudiri. 2020-yil sentyabr oyidan boshlab nurli diagnostika va terapiya kursiga kafedra maqomi berildi.

  20.09.1965 yil Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz shahrida tug'ilgan. Millati- O'zbek. 1988 yilda Samarqand Davlat tibbiyot insituti peditriya fakultetetini tamomlagan. 1998 yildan boshlab SamMI nurli diagnostika va terapiya kursida ishlab kelmoqda. 1999 yilda “Umumiy radionuklid diagnostikasi” va “Umumiy rentgen diagnostikasi” kurslari bo'yicha ixisoslikni tamomlagan. SamMI, Toshkent tibbiyot akademiyasi, ToshIUV, Sankt-Peterburg shahrida Mechnikov nomidagi tibbiyot akademiyasida malakasini oshirgan.

  2010 yilda «Рентгенопротеологические параллели пневмонии новорождённых в зависимости от степени зрелости» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning 100 dan ortiq ilmiy ishlarimilliy va xorijiy ilmiy jurnallarda nashr etilgan. Oliy toifali vrach rentgenolog.

Mansurov Djalolidin Shamsiddinovich t.f.n. 2022 yildan boshlab Nurli diagnostika va terapiya kafedrasi mudiri.

  29.01.1990 yilda Samarqan shahrida tug'ilgan. Millati- O'zbek. 2013 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutini tugatgan. 2013 yildan 2015 yilgacha Sankt-Peterburg shaxrida R.R. Vredena nomidagi RTOITI klinik ordinaturani tamomlagan. 2019 yilda SGDTUda aspiranturani muvaffaqiyatli tugatdi va. «Обоснование медико-организационных мероприятий по улучшению прогноза и профилактики местных инфекционных осложнений при хирургическом лечении пострадавших со скелетной травмой» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2022 yilda u "Radiologiya" kursi bo'yicha mutaxassislikni tamomlagan. Ilmiy jurnallarda 50 dan ortiq nashrlari, talabalar, klinik ordinatorlar va magistratura rezidentlari uchun 2 ta monografiya va 6 ta o'quv qo'llanmalari muallifi.

  Hozirgi vaqtda kafedrada 1 ta dotsent, 8 ta assistent va 5 ta o'rindosh assistent faoliyat olib bormoqda. Kafedra bazasida hozirda uchinchi bosqich doktarant Yanova E.U., 10ta magistratura rezestentlari «Tibbiy radiologiya» yo’nalishida tahsil olmoqdalar.



Oquv va O'quv-uslubiy ishlar


  Nurli diagnostika va terapiya kafedrasida Stomatalogiya fakulteti 3 kurs, Davolash ishi fakultetlarining 3 va 4 kurs, Pediatriya ishi fakulteti 3 va 4 kurs, tibbiy profilaktika fakulteti 3 kurs, Tibbiy biologiya fakulteti 4 kurs, Tibbiy pedagogika fakultetlarining3 va 4 kurs, xalqaro talim fakulteti 2 va 4 kurs talabalari tahsil oladi. Talabalar zamonaviy nurli tekshirish usullarini ayniqsa rentgenografiya, kompyuterli tamografiya, magnitli rezonans tamografiya va radionuklid tekshirish usuli va qolaversa ultratovushli tekshirish usullarini asosini va ularning ishlash pinsiplarini chuqur o'rganadilar.

Ilmiy tadqiqot ishlar boʼyicha: Kafedra xodimlari har doim pulmonologiya, endokrinologiya, nevralogiya yoʼnalishlari boʼyicha ilmiy izlanishlar olib boradi.

Klinik bazalar: Nurli diagnostika va terapiya kafedrasining asosiy klinik bazasi bu SamMU 1-klinikasining rentgen –radiologiya boʼlimi hisoblanib, magistratura rezestentlari oʼz malakalarini oshirishadi. Ushbu bazalarda rentgendiagnostik va rentgenterapevtik xonalar hamda radionuklid diagnostika mavjud. Ultratovush tekshiruv xonalarida magistrlar amaliyotda oʼz bilim va koʼnikmalarini oshiradilar. Qolaversa kafedraning Samarqand shahridagi zamonaviy xususiy tibbiy diagnostik markazlar bilan shartnomalari boʼlib ushbu klinikalarda ham magistrlar o’z malakalarini oshirib borishadi.

Davolash ishlari: Kafedra xodimlari va SamMU ning 1-klinik bazasining rentgen-radiologiya boʼlimi xodimlari bilan chambarchas birgalikda nurli tekshirish va davolash ishlarini olib borishadi.