Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

DKTF bolalar xirurgiyasi, annesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi

Shamsiev Jamshid Azamatovich

Kafedra mudiri, professor


Qabul vaqti: dushanba-shanba: 08: 30-17: 00
Tel: (0366) 233-78-84
E-mail: shamsievja@mail.ru
Manzil: Samarqand Sh., M.Ulug'bek ko`chasi 70a

KAFEDRA A'ZOLARI


F.I.SH Lavozimi
Daniyarov Erkin Suyunovich Katta o'qituvchi
Boboerov Qarshiboy Rabbimovich Katta o'qituvchi
Isoqov Abdurauf Mamadyarovich assistent
Maxmudov Zafar Mamadjanovich assistent
Dusyarov Jalobek Toyirovich assistent
Unabaev Jasur Oromovich assistent

KAFEDRA TARIXI


  1997 yilda professor A.M.Shamsiyev rahbarligida gospital bolalar xirurgiyasi kafedrasi qoshida vrachlar malakasini oshirish fakultetining bolalar xirurgiyasi kursi tashkil etilgan edi. (SamTI rektorining 1997 yil 17 iyun № 147-sonli buyrug’i) kursning birinchi mudiri etib t.f.n. dosent Sh.A.Yusupov, kurs dosenti etib N.R.Mamurov va o’quv ishlari uchun mas’ul etib t.f.n. M.S.Meliyeva tayinlangan.

2002 yildan o’quv ishlari uchun mas’ul etib t.f.n., assistent, 2005 yildan B.A.Yuldashev tayinlangan edi.

2005 yildan kurs mudiri lavozimiga t.f.n., dosent J.A.Shamsiyev tayinlangan.

  Kurs faoliyatining dastlabki yillarida 2,5 oylik malaka oshirish kurslari, keyinchalik 6 oylik bolalar xirurgiyasi bo’yicha ixtisoslashtirish, shuningdek 2 va 1 oylik malaka oshirish sikllari o’tkazilgan.

  2013 yildan SamTI diplomdan so’ngi o’qitish fakultetining bolalar xirurgiyasi kursi bilan bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiya kurslari birlashtirilib, bolalar xirurgiyasi, anesteziologiyasi va reanimatologiyasi kafedrasi tashkil etildi. Bugungi kungacha kafedrani t.f.d., professor J.A.Shamsiyev boshqarib kelmoqda.

  Hozirgi vaqtda mazkur kafedrada t.f.d., professor J.A.Shamsiyev, dosent A.M.Isakov, t.f.n. Z.M.Maxmudov, assistentlar E.S.Daniyarov, K.R.Babayarov, J.T.Dusyarov, J.O.Unabayevlar faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedra SamTI 2-klinikasi bazasida joylashgan.

  Kafedra foliyati Samarqand viloyati va boshqa qo’shni viloyatlar terapevt-vrachlari malakasini oshirish, ularni yangi tekshiruv usullariga o’rgatishga ham yo’naltirilgan.

Kafedra o’zining faoliyati davomida 2500 dan ortiq bolalar xirurglari va 1500 ta bolalar anesteziolog-reanimatologlarini o’qitdi.

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Haftaning har payshanba kunlari kafedrada “Ma’naviyat va ma’rifat” soatlari o’tkazilib boriladi.

  Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotiga tegishli yangiliklar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar ya’ni Respublika Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining buyruq va qarorlari o’rganiladi. Kafedra xodimlari institutda o’tkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Viloyatlarda va tumanlarda kafedra xodimlari (Q.R.Babayarov) Covid-19 pandemiyasi profilaktisi va davolashda faol ishtirok etyapti.


O’QUV-USLUBIY ISHLARI


  Kafedrada o’quv-uslubiy ishlar O’zbekiston Respublikasi o’quv me’yoriy-huquqiy hujjatlari asosida tashkil etiladi. Jumladan:

  • O’zbekiston Respublikasi maorif to’g’risida (29 avgust 1997 y).
  • 06.05.2019 yildagi PQ-4310 “Tibbiy va farmasevtik tizimda kadrlar tayyorlash hamda ilmiy faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori.
  • 7.04.2020 yildagi PQ-4666 “Mediko-sanitar sferada kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish va tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini amalga kiritish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori.
  • O’zbekiston Respublikasi SSVning 15.06.2020 yildagi № 160-sonli “Tibbiy sanitariya va farmasevtika kadrlarni uzluksiz malakasini oshirish tizimini tashkil etish to’g’risida”gi buyrug’i.
  • Fanlar yo’nalishlari bo’yicha standart va ishchi dasturi.
  • Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi (29 avgust 1997 y).
  • O’zbekiston Respublikasi SSVning 2018 yil 26 fevraldagi № 125-sonli “Sog’liqni saqlash xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini tashkil etish va boshqarishdagi davlat talablari” buyrug’i.

  Kafedarning faoliyati bolalar xirurglari, bolalar anesteziolog-reanimatologlari, bolalar urologlari, neonatologlar, umumiy xirurglar, UASh vrachlari va tez yordam vrachlarining malakalarini oshirish, birlamchi ixtisoslashtirish, yangi davolash, tashxislash usullarini o’rgatish, zamonaviy davolash standartlarni o’rgatish kabilarga yo’naltirilgan. SamTI 2-klinikasi bo’g’ini uchun zarur bo’lgan zamonaviy tashxislash asbob-uskunalar hamda Rossiya va boshqa davlatlarda malaka oshirib kelgan mutaxassislarga ega.

  SamTI vrachlarini diplomdan so’ngi tayyorlash fakulteti bolalar xirurgiyasi, anesteziologiyasi va reanimatologiyasi bo’yicha UAShlar uchun 7 ta, QVP terapevtlari, oilaviy poliklinikalar va boshqa tor soha mutaxassislari uchun zarur o’quv dasturlariga ega.

  Tinglovchilarni o’qitish uchun ma’ruza materiallari prezentasiya shaklda, amaliy mashg’ulotlar rejasi, test sinovlari va amaliy ko’nikmalar sanamasi mavjud.

Ma’ruzalarni t.f.d, professor J.A Shamsiyev o’qiydi. Amaliy mashg’ulotlar va seminarlarni assistentlar Q.R.Babayarov, E.S.Daniyarov, A.M.Isakov, Z.M.Maxmudov, J.T.Dusyarov, J.O.Unabayevlar olib boradi.

  Tinglovchilarning bilimlari baholash reyting tizimida olib boriladi. Joriy nazorat og’zaki so’rov va mashg’ulot paytida amaliy-ishlash yo’li bilan o’tkaziladi.

Tinglovchilar uchun keyingi yillarda 6 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta monografiya chop etildi.

1. Shamsiev J.A., Isoqov A.M., Maxmudov Z.M. Daniyarov E.S. Bolalarda diafragma churrasi. O'quv yordami. SamMI Ilmiy kengashida tasdiklangan. 2020 yil. 30 dekabr. Bayonnom №5.

2. Shamsiev J.A., Daniyarov E.S., Davranov B.L., Isoqov A.M. Bolalarda o'pkaning bakterial nobud bo'lishining asoratlari diagnostikasi va davolash taktikasi. O'quv yordami. SamMI Ilmiy kengashida tasdiklangan. 2020 yil. 30 dekabr. Bayonnoma №5

3. Shamsiev J.A., Daniyarov E.S., Davranov B.L., Isoqov A.M. Bolalarda bakteriyalarni yo'q qilish va diagnostika va davolash taktikasi. Ukuv-uslubiya ishlatish. SamMI Ilmiy kengashida tasdiklangan. 2020 yil. 30 dekabr. Bayonnoma №5

4. Shamsiev J.A., Babayarov K.R., Maxmudov Z.M., Dusyarov J.T., Unaboev J.O. Bolalarda o'tir nafas. Ukuv-uslubiya ishlatish. SamMI Ilmiy kengashida tasdiklangan. 2020 yil. 30 dekabr. Bayonnom №5.

5. Shamsiev J.A., Babayarov K.R., Maxmudov Z.M., Dusyarov J.T., Unaboev J.O. Yangi tugilgan chakaloklarni parenteral oziklantirish. Ukuv-uslubiya ishlatish. SamMI Ilmiy kengashida tasdiklangan. 2020 yil. 30 dekabr. Bayonnoma №5

6. A.M. Shamsiev, A.M.Isakov, J.A. Shamsiev. "Bolalarda bronxoektaziya" Mongrafiya. “HILOL MEDIA” nashriyoti Toshkent – 2021, 136 bet.

7. Shamsiev A.M., G‘afforov U.B., Shamsiev J.A. "Ehinokokkozli bolalarda oshqozonning kislota hosil qiluvchi funktsiyasining o'rni". Monografiya. “Tibbiyot ko`zgusi” bosmaxonasi. Samarqand 2021.

8. Shamsiev A.M., Boymurodov N.S., Shamsiev J.A. Bolalarda jigar echinokokkozini jarrohlik yo'li bilan davolash. Monografiya. “Tibbiyot ko`zgusi” bosmaxonasi. Samarqand 2021

9. Shamsiev A.M., Shamsiev J.A., Maxmudov Z.M. "Bolalarda son suyaklarining o'tkir gematogen osteomieliti". Monografiya. “Tibbiyot ko`zgusi” bosmaxonasi. Samarqand 2021


ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  2021 yilda kafedrada 7 nafar xodim ishlagan. Shundan 3 nafar xodim tibbiyot fanlari doktori va nomzodi; 4 darajasiz. Kafedraning ilmiy salohiyati 43% ni tashkil etadi.

  Kafedraning ilmiy yo‘nalishi ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘ining tug‘ma nuqsonlari, bolalarda echinokokkoz kasalliklarini davolashdan iborat.

  Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2020-2021 o‘quv yilida 89 ta ilmiy ishlar (5 ta o‘quv-uslubiy tavsiya, 4 ta kompyuter sertifikati, 30 ta maqola va 50 ta tezis) chop etilgan. Scopus va Web of Science jurnallarida chop etilgan ishlardan – 6 ta maqola, 11 ta maqola va 36 ta tezis xorijiy va MDH nashrlarida, 9 ta maqola va 13 ta tezis respublika nashrlarida.

  Kafedra xodimlari yil davomida 6 ta xalqaro ilmiy anjumanlarda qatnashib, sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

  Kafedrada 12 nafar klinik ordinator tahsil oladi. Klinik ordinatorlar kafedraning ilmiy yo'nalishiga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullanadilar.

  Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishi: bolalarda tug‘ma nuqsonlar, bolalarda echikokokkoz, surunkali o‘pka kasalliklari va boshqalar diagnostika muammolari, klinik kechishi va davolash xususiyatlari.

  Ushbu yo‘nalish bo‘yicha 4 ta nomzodlik dissertatsiyasi olib borilmoqda.

  Faoliyati davomida kafedra xodimlari tomonidan 8 ta monografiya, 40 dan ortiq uslubiy va ilmiy ishlanmalar, 600 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. 7 ta ixtiro ishlab chiqilgan.

Ilmiy ishlar

Monografiya, o’quv qo’llanma, uslubiy tavsiyanoma.

Mualliflar

1 Bolalardagi chanoq-son bug‘imini o‘tkir gematogen osteomieliti (diagnostika va davolashning zamonaviy usullari) PhD Maxmudov Zafar Mamadjanovich
2 Anorektal nuqsonli bolalarni diagnostikasi, davolash va reabilitatsiyasini optimallashtirish usullari PhD Saidov Murodillo Sayfuloevich