Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

Umumiy xirurgiya kаfedrаsi

Sherbekov Ulug‘bek Axrarovich

Tibbiyot fanlari nomzodi, kafedra mudiri


Qabul vaqti: Dushanba- Shanba soat 15:00 gacha
Tel: +99891-528-41-03
E-mail:
Manzil: Samarqand shaxar. Anqabay ko‘chasi 6. SamDTI 1-klinikasi, proktologiya bo‘limi

KAFEDRA A'ZOLARI


F.I.SH.

Lavozimi

Murtazaev Zafar Israfulovich

Kafedra dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi

Rustamov Murodulla Isomiddinovich

Kafedra o‘quv ishlariga ma’sul o‘qituvchi, tibbiyot fanlari nomzodi

Maxmudov Timur Baxadirovich

O‘qituvchi, tibbiyot fanlari nomzodi

Xujabaev Safarboy Tuxtabaevich

O‘qituvchi, tibbiyot fanlari nomzodi

Dusiyarov Muxammad Muqumboevich

O`qituvchi, filosofiya doktori (Doctor of Philosohy, PhD).

Baysariev Shovkat Usmonovich

O‘qituvchi

Sherqulov Qodir Usmonqulovich

O‘qituvchi

Yunusov Oybek Turaevich

O`qituvchi, filosofiya doktori (Doctor of Philosohy, PhD).

Saydullaev Zayniddin Yaxshiboevich

O`qituvchi, filosofiya doktori (Doctor of Philosohy, PhD).

Xusenov Ixtiyor Nurilloyevich

O‘qituvchi-stajyor

Rajabov Jasur Pardaboyevich

O‘qituvchi-stajyor

Rustamov Inoyatulla Muradulla o`g`li

O‘qituvchi-stajyor

Karaboyev Jurabek Aminjon o`g`li

O‘qituvchi-stajyor

Narzullayev Shoxrux Shuxrat o`g`li

O‘qituvchi-stajyor

Shodmonov Akbar Akramovich

O‘qituvchi-stajyor

Bilal Ahmad

O‘qituvchi-stajyor


KAFEDRA TARIXI


  1930-yilda O`zbekiston Davlat universiteti tashkil etilib, uning tarkibiga tibbiyot fakulteti ham kirdi. Umumiy jarroxlik kafedrasi 1932 yilda tashkil etilgan bo`lib, uning asoschisi prof. Kozirev A.A. 1937 yilgacha kafedrani boshqargan 1937-1942 yillarda kafedraga prof. Sushevskiy A.V., keyingi 7 yil dots. Medvedkov V.F. boshqardi.

  1961-1965 yillarda kafedrani professor Aripov A.A. boshqardi. Uning raxbarligida bir nechta kandidatlik dissertasiyalar himoya qilindi. Keyinchalik dots. Gusev L.K. (1965-1969, 1975 -1977), prof. Seitumerov M.S. (1970-1973), prof. Britun A.I. (1974-1975), prof. Hamdamov X.X. (1977-1983), prof. Rustamov I.R. (1983-1987) boshqargan. Bu davrda 1970-1987 yillarda kafedraning koʻplab xodimlari (Artamonov V.I., Ashurova M.R., Bayramov U, Budagov R.S., Rasulov B.K., Gaffarov S.S., Jumabaev T.J., Tillyabaev R.T.) nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildilar. Sobirov B.U. 1986 yilda va Rasulov B.K. 1988 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildilar.  

  1987 yildan prof. Sobirov B.U. kafedra rahbari etib saylandi. Kafedra 1996 yilda SamMI 1-sonli klinika bazasida fakultet jarrohligi kafedrasi bilan birlashtirildi va 1-sonli jarrohlik kafedrasi deb nomlandi. 2004 yildan kafedraga prof. Rasulov B.K. - (Samarqand viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi bosh jarrohi) boshchilik qildi. 2017 yildan boshlab kafedra mudiri Sherbekov U.A.

  Oʻktam Aripovich Aripov (1927.3.1, Samarqand viloyati — 2001.14.12) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasi aʼzosi (2001), Beruniy nomli Davlat mukofoti laureate (1983). Tibbiyot fanlari doktori (1963). Professor (1964). Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan shifokor (1958). Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967). Oʻzbekiston SSR FA akademigi (1974). 1948 yilda Samarqand Davlat tibbiyot universitetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. U klinik ordinator (1948), assistent (1950), dotsent (1956), professor (1964), Umumiy xirurgiya kafedrasi mudiri, davolash fakulteti dekani, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida faoliyat olib borgan. U.A.Aripov o`z davrining taniqli sog‘liqni saqlash tashkilotchisi 1952-1956 yillarda SamMI 1-sonli klinika bosh vrachi bo‘lib ishlagan.

  1964-1971- yillar Sog`liqni Saqlash vaziri birinchi o`rinbosari.

  1971-1984- yillar Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori.

  1984-1997-yillar gospital xirurgiya kafedrasi mudiri.

  1991-yil O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi qoshidagi gepatopankreatobilliar xirurgiya ilmiy markazini boshqargan.

  Samarqand Davlat tibbiyot universitetida asosiy ilmiy yo`nalishi kombinatsiyalangan radioaktiv travmalardan keyingi kompensator muammolar mavzusida bo`lgan.

  1971-yilda organ va toʻqimalar transplantatsiyasida toʻqimalarning nomuvofiqligini bartaraf etish boʻyicha Muammoli tadqiqot laboratoriyasini tashkil etdi, bu laboratoriyada jahon amaliyotida birinchi marta eshakning limfotsitlarga qarshi zardobi va globulin olindi, ular buyrak transplantatsiyasida muvaffaqiyatli qoʻllanilmoqda.

  1972 y. 14 sentyabrda Toshkentda birinchi marta buyrak ko`chirilib o`tkazildi.

  1983-yilda hamkasblari bilan birgalikda surunkali buyrak yetishmovchiligi, surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarni davolashning yangi, mahalliy immunosupressiv dorilarni yaratish, takomillashtirilgan usullarini ishlab chiqish, klinik amaliyotga joriy etgani uchun fan va texnika sohasida A.Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan..

  Muammoli laboratoriyasi va institutning fakultet xirurgiya kafedrasi tomonidan qorako‘l qo‘ylarining me’da osti bezining orolcha hujayralarini ko‘chirib o‘tkazishning I turdagi qandli diabet kasalligini davolashda keng qo‘llaniladigan noyob texnikasi ishlab chiqildi.

  Uning rahbarligida 26 ta doktorlik va 65 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.

  Rustamov Isomiddin Rustamovich 25 iyun 1936 y. Samarqand viloyatining Bulung`ur tumanida tug`ilgan. 1961 y. Samarqand meditsina institutining davolash fakultetini tamomlagan. Xirurgiya bo`limi mudiri, Bulung`ur tuman markaziy shifoxonasining bosh vrachi lavozimida faoliyat olib borgan.

  1964 yildan fakultet xirurgiyasi kafedrasi aspiranti, 1967 yilda professor F.M. Golub rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1974-1983 yillarda fakultet xirurgiya kafedrasi dotsenti.

  1980 yilda akademik A.A. Shalimov rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Umumiy xirurgiya kafedrasi mudiri (1983-1987), fakultet xirurgiya kafedrasi mudiri (1987-1997) lavozimlarida ishlagan. Uning rahbarligida 1 ta doktorlik va 11 ta nomzodlik dissertatsiyalari (Mun L.A., Tursunmetov A.A., Saidmurodov B.S., Odilov O.X., Bobokalanov Sh.I., dots. Abdujalilov A.A., Murtazaev Z.I., Kurbaniyazov Z.B., Abdug‘aniev A.A., Axmedov A.Z., Achilov M.T., Julbekov K.I.) himoya qilindi.

  1997-yildan ambulator xirurgik markaz mudiri, Bulung‘ur markaziy tuman kasalxonasi xirurgiya bo‘limi mudiri (1998-2000) va 2000 yildan umrining oxirigacha Samarqand tibbiyot instituti malaka oshirish fakulteti xirurgiya kafedrasi professori lavozimida ishlagan.


MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Kafedramizning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ma’sul ass. Sherqulov Q.U. talabalar va xodimlarga haftada bir marta institut xodimlari uchun beriladigan «Axborot soati materiallari» dan kafedrada o‘tkaziladigan ma’naviyat soatlarida to‘liq ma’lumot berib boradi.

  Kuratorlar va ularga biriktirilgan guruhlar berilgan. Kafedra hodimlari murabbiylik qilgan guruh talabalari bilan shahrimizning tarixiy obidalari O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A. Karimov, Go‘ri-Amir, Registon, Al-Buxoriy majmualariga sayohat tashkil qilindi.


O’QUV-USLUBIY ISHLARI


- Umumiy xirurgiya fani davolash ishi, kasbiy ta’lim, tibbiy profilaktika va pediatriya ishi ta’lim yo‘nalishlari uchun (3 kurs),
- Xirurgiyada xamshiralik ishi fani OXI ta’lim yo‘nalishi uchun (2 kurs),
- Tibbiyot kasbiga kirish fani davolash ishi, kasbiy ta’lim, stomatologiya va pediatriya ishi ta’lim yo‘nalishlari uchun (1 kurs),
- Xirurgiya mutaxassisligi fani OXI ta’lim yo‘nalishi uchun (3 kurs),
- Umumiy xirurgiya fani stomatologiya ta’lim yo‘nalishi uchun (3 kurs)

Chop etilgan o‘quv qo‘llanmalar

Xirurgik infeksiya

Xirurgik operatsiya

Og‘riqsizlantirish

Xirurgik operatsiya


ILMIY TADQIQOT ISHLARI


-Dusiyarov M.M. «Новые технологии профилактики спайкообразования в торако-абдоминальной хирургииi» mavzusida;
- Saydullaev Z.Ya. «Совершенствование хирургического лечения больных с острым деструктивным холециститом» mavzusida;
-Yunusov O.T. «Нарушения гемостаза у тяжелообоженных и влияние хирургического лечения» mavzularida ilmiy ishlar olib bormoqda.

-Saydullaev Z.Ya. “O‘tkir destruktiv xoletsistit bilan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashni takomillashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib bordi va falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi (Doctor of Philosohy, PhD).

-Sherbekov U.A. mavzusida: "Qorin bo'shlig'i a'zolarining patologiyasi va qorin ventral churralari jarrohlikning taktik-texnik jihatlari" fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. (Doctor of Science, DSc).

- Xujaboev S.T. “Yirik va gigant operatsiyadan keyingi ventral churralarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning taktik va texnik jihatlarini optimallashtirish” mavzusida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. (Doctor of Science, DSc).