Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiyalar kafedrasi

Kodirov Nizomiddin Daminovich
tibbiyot fanlari boyicha falsafa doktori.


Qabul vaqti:

Dushanba-shanba: 08:30-14:30

Tel:

+998915475053

E-mail:

nizomdaminovich@gmail.com

Manzil:

Samarqand sh., Amir Temur ko`ch, 18


KAFEDRA A'ZOLARI


F.I.SHLavozimi
Ernazarova Mavluda Shernazarovnaassistent
Usmanova Marxabo Balhiyevnaassistent
Qo’yliyeva Maxbuba Uzakovnastajyor assistent
Boymuradov Eson Suyunovichstajyor assistent
Xasanova Gulbahor Raxmatullayevnastajyor assistent
Olimov Sardor Mustafo o’g’listajyor assistent
Jovliyev Furqat Baxtiyarovichstajyor assistent
Imamova Yulduz Abduvoitovnastajyor assistent
Saydaxmatov Sodiq Saidaxmatovichstajyor assistent
Meliqulov Otabek Jamol o’g’listajyor assistent
Bobokambarova Nilufar Abdujalolovnastajyor assistant

KAFEDRA TARIXI


  Qodirov Nizomiddin Daminovich 1997 yilda Samarqand Davlat Tibbiyot Insnitutining pediatriya fakultetini tamomlagan. 1997-1998 yilda Samarqand Meditsina Instituti “Bolalar xirurgiyasi” mutaxassisligi bo’yicha internaturani tugatgan. 2005-2008 yillar Samarqand Meditsina Instituti bolalar xirurgiyasi yo’nalishi bo’yicha asperanturani tugatgan. 2012 yildan bolalar xirurgiyasi kafedrasida assistent o’qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2017 yildan Samarqand Davlat tibbiyot universiteti davolash fakultetida dekan o’rinbosari, o’rindoshlik asosida bolalar xirurgiyasi kafedrasi assistenti vazifalarida faoliyat yuritgan. Bir necha marta malaka oshirish kurslarida o’qigan. Fakultet va institut ilmiy kengashlari a’zosi.

  Samarqand Davlat tibbiyot universitetida Farmakognoziya va farmaseftik texnalogiyalari fani 2019 yildan farmakologiya kafedrasida o’qitila boshlagan.

   2021 yil 30 iyuldagi ilmiy kengash qaroriga (bayonnoma №11) asosan Institut rektorining 2021 yil 20 iyuldagi №655AF buyrug’iga binoan farmakologiya kafedrasi: “Farmakognoziya va farmaseftik texnologiya” hamda “Farmakologiya” kafedralariga ajratildi. SamMI rektorining 2021 yilning 28 avgustdagi №529-к buyrug’i bilan farmakognoziya va farmaseftik texnalogiyalar kafedrasi mudiri etib, tanlovdan o’tish sharti bilan meditsina fanlari bo’yicha falsafa doktori N.D.Qodirov tayinlandi.


MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Kafedraning yillik rejasi 2020 yilning avgust oyida tasdiqlangan bo'lib, unda asosan 5 ta asosiy bo'lim mujassamlangan bulib ular quyidagilardir:
  1. Tashkiliy ishlar.
  Bunda o'tgan o'quv yili ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar natijasi muhokama qilinadi va yangi o'quv yili uchun kafedraning hamda guruh murabbiylarini yillik ish rejalarini tasdiqlash masalasi bo'yicha kafedra mudiri N.D. Kodirov kafedra a'zolariga topshiriqlar beradi. Bundan tashqari, ma'naviy – ma'rifiy sohaga doir O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, vazirlik hay'ati qarorlari, buyruqlari va modemlarida berilgan vazifalarning kafedrada to'laqonli bajarilish tashkil etish, ijro intizomini bajarilishi haqida ham kafedra mudiri N.D.Rodirov o'zlarini kerakli maslahatlarini berib boradi.
  2. Ma'naviy barkamol mutaxassislarni tayyorlashda tarbiyaviy ishlar ustuvorligini ta'minlash.
  Bu bo'lim o'z ichiga 10 ta asosiy bandlarni qamrab olgan bo'lib, ularda asosan ta'lim-tarbiya, odob-axloq, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, teran fikrlashga undaydi. Ushbu bo'limdagi 5-chi bandida sog'lom turmush tarzi falsafasi shakllantirilgan bo'lib, institutda sog'lom turmush tarzi – yuksak ta'lim-tarbiya asosi kabi mavzularda davra suhbatlari uyushtirish, inson salomatligini asrashga oid milliy qadriyatlar va an'analar bo'yicha "sog'lom turmush tarzi va yoshlar tarbiyasi" mavzusida bukletlar tayyorlash, mashhur sportchilar, Universiada sport musobaqalari sovrindorlari, sport faxriylari bilan talabalar uchrashuvini tashkil qilish hamda giyohvandlik, alkogolizm, tamaki chekishning zararli oqibatlari haqida davra suhbatlari, kechalar tashkil etish, inson salomatligiga salbiy ta'sir qiluvchi illatlarni oldini olishda talabalar faolligini oshirish kerakligi haqida murabbiylarga tegishli ko'rsatmalar beriladi.
Badiiy-estetik tarbiya haqida talabalarning san'atga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida havaskor qo'shiqchilik turlari bo'yicha badiiy dastalar tashkil etish, folklor-etnografik dastalarning Respublika tanlovida ishtirokini ta'minlash, Vatanga sadoqat, uning taqdiri uchun daxldorlik hissi bilan yo'g'rilgan badiiy yetuk-qo'shiqlar yaratishni rag'batlantirish maqsadida turli Respublika ko'rik tanloviga talabalarni jalb etish kerakligi haqida guruh murabbiylariga tegishli maslahatlar berib o'tiladi.
  Iqtisodiy va ekologik tarbiya haqida insonlarni halol yashashga to'g'ri ishlashga da'vat qilib, "halol rizq topish iymondandir" mavzusida davra suhbatlarni har bir murabbiy o'z guruhi bilan alohida yig'ilishlar o'tkazib, talabalarni halollikka undash haqida ma'ruzalar qiladilar.
  3. O'zbekiston mustaqilligi printsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo'shishga qodir shaxsni shakllantirish borasida ta'lim muassasalari, ota-onalar, mahalla, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish.
  Ta'lim tarbiyaviy ishlarda ota-onalar, ustoz-murabbiylar, aloqalarni jonlantirish va o'zaro axborot almashinuvini tizimli yo'lga qo'yish, farzand tarbiyasi va ota-ona mas'uliyati mavzusida ma'ruzalar tashkil etish hozirgi kunning eng asosiy masalalaridan biridir.
  4. Milliy qadriyatlar va an'analar
  Milliy qadriyatlar va an'analar, ajdodlarimizning boy me'rosini targ'ib qilish bo'yicha "Ma'naviyat soatlari" uchun mavzular va kerakli materiallar tayyorlanadi.
  9-may – xotira va qadrlash kuniga bag'ishlab "inson qadri va uning xotirasi muqaddas" mavzusida kafedra mudiri   N.D. Kodirov katta o'quv zalida talabalarga 1941-1945 yillardagi bo'lib o'tgan dahshatli kunlar haqida ajoyib ma'ruza qilib beradilar.
  5. Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish
  Talabalarning darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishga yo'naltirilgan fan to'garaklari tashkil etilgan. Bundan tashqari kafedra o'qituvchilari yil davomida har oyning belgilangan kunlarida TTJ da tungi navbatchilikni ham bajarib, u erda talabalar bilan ta'lim-tarbiya, ma'naviy-ma'rifiy ishlar olib borishdi.
  O'quv yili boshida oqim va guruh murabbiylari o'zlariga biriktirilgan talabalar bilan mustahkam aloqada bo'lib, o'quv yili davomida bajarilishi lozim bo'lgan ish rejalari kelishib olinadi. Reja asosida murabbiylar va talabalar bilan turli tadbirlar o'tkazib, bu haqida albomlar va disklar tashkil etiladi.


O’QUV-USLUBIY ISHLARI


  Kafedrada o'quv-uslubiy ishlar O'zbekiston Respublikasining ta'lim me'yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan
1. O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonuni (1997 yil 29 avgust).
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (29 avgust 1997 y).
3. O`zR O va O`MTV tomonidan 9.01.2003 yilda tasdiqlangan. "Oliy ta'lim to'g'risidagi Nizom"
4. Kafedrada ta`lim olayotgan barcha yo'nalishlar bo'yicha davlat ta'lim standarti.
5. Vazirlik tomonidan tasdiqlangan barcha ta'lim yo'nalishlari bo'yicha o'quv rejalari.
6. Fan bo`yicha standart va ish dasturlari.
7. O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligining 2009 yil 204-son buyrug'i bilan tasdiqlangan va 2010 yil 333-sonli buyrug' bilan o`zgartirish kiritalgan "Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to'g'risidagi Nizom".
8. SamDTI rektorining 2013 yil 12 sentyabrdagi "institutda modul ta'lim tizimi bo'yicha o'quv jarayonini tashkil etish to'g'risida"gi 43-sonli buyrug'i.
  Kafedrada institutning davolash, pediatriya, kasbiy ta'lim, stomatologiya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya, fakultetlarining 2 kurs, oliy hamshiralik ishi (oxi) va xalq tabobati fakultetlarining 1 kurs va farmasiya fakulteting 3 kurs tabalariga biologik ximiya fani bo'yicha dars o`tiladi. Kafedrada 5 ta o'quv laboratoriyasi va 1 ta moslashtirilgan-texnik vositalari bilan jihozlangan laboratoriya xonalari va amaliy laboratoriya ishlari shaklida olib boriladigan va xo'jalik shartnomasi va grant asosida ishlaydigan laboratoriyalar mavjud. Barcha maruzalarning elektron versiyalari, virtual laboratoriyalar mavjud.

  Kafedra xodimlari tomonidan qo`yidagi o`quv, o`quv-metodik qo`llanmalar chop etildi:
1 Farmatsiya fakultetining 3 kurs talabalari uchuno’quv-uslubiy tavsiyanoma- Dorivor o’simlik mahsulotlarining tovarshunoslik tahlili

2. “Farmaseftik texnologiyalar” fanidan amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish bo’yicha o’quv amaliy tavsiyanoma:

  Mavzu: Poroshoklarni umumiy va xususiy tayyorlash texnologiyasi.

3. . “Farmaseftik texnologiyalar” fanidan amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish bo’yicha o’quv amaliy tavsiyanoma

  Mavzu: Suyuq dori turlarini umumiy va xususiy tayyotlash texnologiyasi.


ILMIY TADQIQOT ISHLARI



  Kafedra olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy ishlar har doim ilmiy–pedagogik kadrlar tayyorlash va amaliy sog'liqni saqlash talablari bilan uzviy bog'liq holda olib borildi, ayni paytda "ona va bola salomatligini muhofaza qilish, mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda diagnostika, davolash va profilaktika usullarini ishlab chiqish "deb nomlangan fan va texnologiyalarni rivojlantirish davlat dasturida belgilangan muammolarni hal etishga qaratilgan.


TALABALAR ILMIY JAMIYATI


  Talabalarning ilmiy to'garaklar ishida ishtiroki kafedra ishida ta'lim jarayonining ajralmas qismi bo'lib, unda 10 dan ortiq talabalar ishlashadi. Ilmiy-tadqiqot ishlarining materiallari har yili yosh olimlar konferensiyasida e'lon qilinadi va eng yaxshi ishlar har yili sovrinli o'rinlarni olgan universitetlararo ilmiy anjumanlarga topshiriladi.